So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

17 sen 07:27
Yangiliklar

Tadbirlar

Termizda aholi ishtirokida ertalabki sayr va ommaviy badantarbiya tashkil etildi

Teglar :  BadantarbiyaTermiz
“Har kuni besh ming qadam yuramiz” shiori ostida Termiz shahridagi Sanat saroyi bog'ida omma ishtirokida ertalabki sayr va ommaviy badantarbiya tashkil etildi.

SHahar jismoniy tarbiya va sport, mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlari tashabbusida o'tkazilgan tadbirda nuroniy otaxon va onajonlar, o'rta avlod vakillari, sportchilar va o'quvchi yoshlar ishtirok etdi. Unda sog'lom turmush tarzi, zararli odatlarning inson salomatligiga salbiy tasiri targ'ib qilinib, jismoniy faolligi qo'llab-quvvatlandi.

“Kuz faslida turli kasalliklar qo'zg'alishini ko'pchiligimiz yaxshi bilamiz. Bu mavsumda jismoniy faollik, to'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarziga qatiy amal qilish inson salomatligini mustahkamlab, kasalliklarni chetlab o'tishga ko'maklashadi. Mazkur tadbir doirasida hamkorlarimiz bilan toza havoda ertalabki sayr qilishga aholi keng qatlamlarini jalb etishni maqsad qilib olganmiz. SHu bois har kuni erta tongda yumshatilgan karantin talablariga qatiy rioya etgan holda engil jismoniy tarbiya mashqlarini bajarib, so'lim bog'da erkin sayr qilishni yo'lga qo'ydik. Bu jarayonda saflarimiz kun sayin kengayib borishiga ishonchimiz komil”, deydi Termiz shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i Ilhom Absattarov.

Prezidentimizning 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada kengaytirishda muhim omil bo'lmoqda. Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillari kuchaytirilib, o'sib kelayotgan yosh avlod zararli odatlardan asrab qolinmoqda. Mahallalar, talim muassasalari, mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sport faoliyati tizimli tashkil etilib, sog'lom turmush tarzi qo'llab-quvvatlanayotir.

Mutaxassislarning aytishicha, har kun tongda toza havoda sayr qilib, engil jismoniy mashqlarni bajarish ham ortiqcha vazndan qutilish, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, qondagi xolesterin darajasini meyorida saqlash va boshqa yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasida o'ziga xos o'rin tutadi. Tongda piyoda yurishning ana shunday hadisini olgan keksa avlod vakillari ertalabki sayrni kunlik odatga aylantirgan.

“Aslida inson uchun tonggi sayr va engil badantarbiya mashqlari fasl tanlamaydi. Mana, yoshim saksonda bo'ldi. Ko'p yillardan buyon ertalabki toza havoda yurishni odat qilib olganman. Bunga tengqurlarimni ham jalb etganman. Tongda sayr qilib, toza havoda bir pas gurung qilamiz. Yoshlik davrlarimizni eslab, kayfiyatimizni ko'taramiz. Ruhan tetiklashamiz. SHu bois hamisha tetik bo'lib yuraman. Uzoq umr ko'rish sirini so'ragan yoshlarga jismoniy faollik, to'g'ri ovqatlanish va alkogol ichimlik, tamaki mahsulotlarini istemol qilish kabi zararli odatlardan tiyilishda, deya baralla aytaman”, deydi viloyat mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, senator Orziqul Soatov.

Tadbir ishtirokchilari mahalla yoshlari o'rtasida ertalabki yurishning sog'lom turmush tarziga ahamiyatini keng targ'ib qilishga, har kun tongda so'lim bog'da uchrashib, birgalikda sayr etishga kelishib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing