So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

10 dek 17:27
Yangiliklar

Kurash

Termizda bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati va kubogi davom etmoqda

Termiz tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati hamda kattalar o'rtasida mamlakat kubogi musobaqasiga start berilgan edi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, kecha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar bel olish kurash turi bo'yicha bel olish, bel olishning xalqa-chalish, bel olishning xalqa-chalishsiz yo'nalishlarida o'nta vazn toifasida, kattalar o'rtasidagi kubok bellashuvlarida ham xuddi shu yo'nalishlarda o'nta vazn toifasida bellashishdi.

Demak, quyida 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida bel olishning chalish yo'nalishi bo'yicha g'olib sportchilar bilan tanishishingiz mumkin.

O'g'il bolalar. Bel olish (chalish)

42 kg. 1. Sohibjon Sobirov (Farg'ona), 46 kg. 1. Elmurod Rahmonaliev (Farg'ona), 50 kg. 1. Bobir Sotivoldiev (Farg'ona), 53 kg. 1. Sardor Jumaev (Toshkent sh.), 56 kg. 1. Tursunpo'lat Abdiev (Surxondaryo), 60 kg. 1. Doniyor Hasanov (Sirdaryo), 65 kg. 1. Xolmurod Anvarov (Samarqand), 70 kg. 1. Yoqubjon Yoqubov (Namangan), + 70 kg. 1. SHohjahon To'ychiboev (Namangan).

Qizlar. Bel olish (chalish)

60 kg. 1. Sevara Rajabova (Sirdaryo), + 60 kg. 1. Go'zal Qozoqova (Xorazm).

Kattalar o'rtasidagi bel olishning chalish yo'nalishida ham kuchlilar aniqlandi. Unga ko'ra quyidagi ushbu sportchilar birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. 

Erkaklar. Bel olish (chalish)

50 kg. 1. Muzaffar Davlatov (Namangan), 55 kg. 1. Sarvar Mirzaev (Surxondaryo), 60 kg. 1. Saidjahon Saidkamolov (Andijon), 66 kg. 1. Azizbek Abdiqodirov (Sirdaryo), 72 kg. 1. Hasanjon Mirzarahimov (Farg'ona), 78 kg. 1. Husan Abduhakimov (Sirdaryo), 84 kg. 1. Fayozbek Abduvoitov (Surxondaryo), 90 kg. 1. Jasur Xudoynazarov (Surxondaryo), +96 kg. 1. Bahodir Hamdamov (Toshkent sh.).

Ayollar Bel olish (chalish)

60 kg. 1. Dilnavoz Bahodirova (Xorazm), 65 kg. 1. Kumush Sulaymonova (Farg'ona), 70 kg. 1. Gulnora Sulaymonova (Surxondaryo), mutloq vazn. 1. Yulduz Ro'ziboeva (Surxondaryo).

SHuningdek, bel olish va uch kurashning boshqa yo'nalishlarida bellashuvlar davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing