So’nggi yangiliklar

12:00Rafa Nadal Open. Cултоновнинг илк даврадаги рақиби маълум, учрашув бугун ўтказилади 0 11:39Расман! "Ал Ҳилол" "Манчестер Сити" футболчиси билан шартнома имзолади 0 11:18Хабиб Макгрегор билан жанг вақтида Дана Уайтга нима деганини айтди 0 10:57Кубадаги "IBA Чемпионлар оқшоми" рингга кўтарилган ҳар икки боксчимизда ҳам мағлубият 0 10:36Боксчиларимиз Осиё чемпионатига жўнаб кетишди 0 10:15Миллий терма жамоанинг КХДРга қарши ўйини учун чипталар сотувга чиқди. Чипталар нархи қанча? 0 09:54Sinquefield Cup. Нодирбек Абдусатторов амалдаги жаҳон чемпиони билан дуранг ўйнади 0 09:33Усик фуқаролигини таклиф қилган мамлакатлар ҳақида гапирди 0 09:12Анкалаев Перейрага таҳдид қилди: "Сен алдадинг" 0 08:51Роналду жарима зарбасидан гол урган ва ассист қайд этган ўйинда "Ал Насср" йирик ҳисобда ғалаба қозонди 0 08:30Делегация расмийлари Паралимпия шаҳарчасидаги шароитларни кўздан кечирди 0 08:09Бенеил Дариуш Пимблетт билан жангга тайёрлигини айтди 0 07:48Хабиб Нурмагомедов: "Ўзимни қамоқдан чиққандек ҳис қилгандим" 0 07:27Ольмо дебют ўйинидаёқ ғалаба голини урди, "Барселона" учта ўйинда бир хил ҳисобда ютди 0 07:02Ўсмирларимиз тўлиқ таркибда Осиё чемпионатида иштирок этади 0

17 iyu 14:39
Yangiliklar

Futbol, Parij-2024

Terri Anri, Maskerano, Kapadze... Olimpiya o'yinlarida ishlaydigan murabbiylar

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
Evropa chempionati tugadi. Kopa Amerika ham tugadi. Endi etiborni Parij Olimpiadasiga qaratamiz.

24 iyul Olimpiya sport o'yinlarining futbol musobaqasiga start beriladi. Bunda 16ta terma jamoa to'rt guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradi.

O'z tarixida ilk bor Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh o'yinlarini Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi o'tkazadi.

Olimpiya o'yinlari nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar uchun ham muhim turnir hisoblanadi. Bunda nafaqat jamoalar, balki murabbiylar xalqaro maydondagi kurash orqali o'z bilim va mahoratlarini tekshirib olishadi.

Muxlislarning terma jamoa ustozi Timur Kapadzedan umidi katta. O'z navbatida Timur Tohirovich ham qanday masuliyat turganini chuqur his etib turibdi. O'tgan 4-5 yil ichida Kapadze murabbiy sifatida ancha o'sdi, buni uning qo'l ostidagi jamoalar qayd etgan natijalardan ham bilsa bo'ladi.

Dunyo etiborini o'ziga qaratadigan Olimpiya o'yinlarida o'z mahoratini namoyish etadigan 16 nafar murabbiy orasida O'zbekistondan ham vakil borligi biz uchun sharaf. SHu o'rinda barcha jamoalar ustozlariga birma-bir to'xtalib o'tamiz. Ular orasida siz taniydigan mashhurlar ham bor.



"A" guruhi - Franciya, Gvineya, AQSH, Yangi Zelandiya

Franciya - Terri Anri (Franciya)

Malumot uchun: Francuz futbolining yorqin vakillaridan biri Terri Anri 1977 yilda tug'ilgan. Murabbiylik faoliyatini 2015 yil "Arsenal" U-19 jamoasida boshlagan. SHu paytgacha Belgiya milliy terma jamoasida yordamchi murabbiy hamda "Monako", "Monreal" (Kanada) klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. O'tgan yilning avgust oyidan beri Franciya olimpiya termasini boshqarib kelmoqda.




Gvineya - Kaba Diavara (Gvineya)
Malumot uchun: Kaba Diavara 1975 yilda tug'ilgan. U 2021 yildan beri Gvineya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Gvineyaga to'liq ko'chib ketmasdan Franciyada yashayotgan mahal mashhur Canal+ telekanalida ekspert sifatida foaliyat olib borgan.

AQSH - Marko Mitrovich (Serbiya)
Malumot uchun: Marko Mitrovich 1978 yilda tug'ilgan. Murabbiylik faoliyati mobaynida "CHikago Fayr", "Riding" kabi klublarda yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan. 2022 yil AQSH U-19 terma jamoasini boshqargan. 2023 yildan beri AQSH olimpiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Yangi Zelandiya - Darren Bazeli (Yangi Zelandiya)
Malumot uchun: Darren Bazeli 1972 yilda tug'ilgan. 2020 yildan beri Yangi Zelandiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ishlab kelmoqda. 2022 yil Yangi Zelandiya olimpiya termasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.



"B" guruhi - Argentina, Marokash, Iroq, Ukraina.

Argentina - Xaver Maskerano (Argentina)

Malumot uchun: Yaqin o'tmish yulduzlaridan biri Xaver Maskerano 1984 yil tug'ilgan. Uning murabbiylik faoliyati 2021 yil Argentina U-20 terma jamoasini boshqarish bilan boshlandi. Parij Olimpiadasi yosh murabbiy uchun dastlabki katta sinov bo'ladi.




Marokash - Tarik Sektiui (Marokash)

Malumot uchun: Tarik Sektiui 1977 yilda tug'ilgan. Murabbiylik faoliyatini 2013 yil boshlagan. SHu paytga qadar "Vidad", "Mag'reb Fes", "Union Tuarga" kabi klublarda ishlagan. 2021 yil BAAning "Emireyts" klubini boshqargan. SHu yilning fevral oyida Marokash olimpiya termasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Iroq - Radhi SHenaishil (Iroq)
Malumot uchun: Radhi SHenaishil 1966 yilda tug'ilgan. Murabbiy sifatida katta tajribaga ega. 2015 yilgi Osiyo Kubogida Iroq terma jamoasini boshqargan. Bundan tashqari "Al SHorta", "Eyr Fors", "Al Zavra" kabi klublarda ishlagan. 2022 yildan beri Iroq olimpiya termasini boshqarib kelmoqda.




Ukraina - Ruslan Rotan (Ukraina)
Malumot uchun: Ruslan Rotan 1981 yil Poltavada tug'ilgan. Futbolchi sifatida faoliyatining katta qismini "Dnepr"da o'tkazgan Rotan 2018 yildan beri murabbiylik bilan shug'ullanib kelmoqda. SHu paytgacha Ukraina U-21 jamoasi, "Aleksandriya" klubini boshqargan. O'tgan mavsumdan beri olimpiya termasiga ustozlik qilmoqda.




"C" guruhi - O'zbekiston, Misr, Ispaniya, Dominikan Respublikasi.

O'zbekiston - Timur Kapadze (O'zbekiston)

Malumot uchun: Timur Kapadze 1981 yilda tug'ilgan. 2018 yil "Lokomotiv" tarkibida futbolchilik faoliyatini yakunlab, shundan beri murabbiylik kasbi bilan shug'ullanib kelmoqda. Malum muddat "Qo'qon-1912" hamda "Lokomotiv" klublarida ishlagan ushbu mutaxassis 2021 yildan beri O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.




Misr - Rojerio Mikale (Braziliya)
Malumot uchun: Rojerio Mikale 1969 yil tug'ilgan. 1999 yil murabbiylik faoliyatini boshlagan. O'z paytida (2015-2017 yillar) Braziliya U-20 va U-23jamoalarini boshqargan. 2021 yil "Al Hilol"da ishlagan ushbu mutaxassis 2022 yildan beri Misr olimpiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.




Ispaniya - Santi Denia (Ispaniya)
Malumot uchun: Santi (Santyago) Denia 1974 yilda tug'ilgan. Murabbiylik faoliyatini yordamchi murabbiy sifatida 2009 yil Madridning "Atletiko" klubida boshlagan. Keyinchalik Ispaniya U-17 va U-19 terma jamoalarida ishlagan. 2022 yildan beri Ispaniya olimpiya termasiga ustozlik qilib kelmoqda.




Dominikan Respublikasi - Ibai Gomes (Ispaniya)
Malumot uchun: Ibai Gomes 1989 yilda tug'ilgan. Asosan "Atletik" Bilbaodagi o'yinlari orqali muxlislarga tanish. 2022 yilni "Deportivo" safida o'tkazib, shu bilan futbolchilik faoliyatini yakunladi va murabbiylikni boshladi. SHu yilning 23 fevral sanasida Dominikan Respublikasi U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.




"D" guruhi - Yaponiya, Paragvay, Mali, Isroil.

Yaponiya - Go Oyva (Yaponiya)

Malumot uchun: Go Oyva 1972 yilda tug'ilgan. Murabbiylik faoliyatini 2011 yil "Kashima Antlers" klubida yordamchi sifatida boshlagan. 2017-2020 yillar mobaynida "Kashima Antlers" bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. 2018 yil Osiyo chempionlar Ligasida g'olib chiqqan ushbu mutaxassis 2021 yildan beri Yaponiya olimpiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.




Paragvay - Karlos Jara Sagier (Paragvay)
Malumot uchun: Karlos Jara Sagier 1950 yilda tug'ilgan. 73 yoshli murabbiy faoliyatini 1987 yilda boshlagan. O'tgan vaqt oralig'ida u bir nechta klublarda, shuningdek, 2004 yil Paragvay milliy terma jamoasida ishlagan. O'tgan mavsumdan beri esa Paragvay U-23 termasini boshqarib kelmoqda.




Mali - Alu Badra Diallo (Mali)

Malumot uchun: Alu Badra Diallo 1969 yilda tug'ilgan. 2002-2003 yillarda "Lion" yoshlar jamoasini boshqargan ushbu murabbiy shundan beri o'z yurtida ishlab kelmoqda. Bu murabbiy bir paytning o'zida ham Mali milliy terma jamoasi, ham olimpiya termasi ustozi hisoblanadi.

Isroil - Gay Luzon (Isroil)
Malumot uchun: Gay Luzon 1975 yilda tug'ilgan. Murabbiylik faoliyatini 2001 yilda boshlab bunga qadar "Xapoel Tel Aviv", "Makkabi Petax Tikva", shuningdek Angliyaning "CHarlton", Belgiyaning "Standart" klublarini boshqargan. 2022 yildan beri Isroil Olimpiya termasiga murabbiylik qilyapti.



X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing