19 noy 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22993_220.jpg)
Tete boks tarixidagi chempionlik jangida eng tezkor g'alabaga erishdi
SHimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshom doirasidagi markaziy janglarning birida tarixiy voqea qayd etildi. Engil vazn (53,5 kg) toifasida WBO yo'nalishi chempioni JAR vakili Zolani Tete (26-3, 21 KO) hamyurti Siboniso Gonya (11-2, 5 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Birinchi raundning 11-soniyasida Tete raqibini texnik nokautga uchratdi. Gonya o'tkazib
yuborilgan zarbadan so'ng o'rnidan turishga o'zida kuch topa olmadi. Tete chempionlik
jangidagi eng tezkor g'alaba qayd etib, boks tarixiga kirdi.
Havola :
Fikrlar