30 iyu 18:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Tez orada Uaylder - Fyuri revansh jangi kelishiladi
Sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri hamda WBC kamari sohibi Deontey Uaylder o'rtasidagi revansh jangi uchun muzokaralar boshlanish arafasida.
Bu haqida Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren malum qildi.
«So'zsiz, Uaylder va Fyuri sayyoramizning eng kuchli superog'ir vazn bokschilari. Menimcha, yaqin kunlarda revansh jangini o'tkazishga kelishib olamiz. Fyuri jangni Buyuk Britaniyada o'tkazmoqchi, lekin bu juda qiyin masala. CHunki pullik translyaciyalar AQSHda yaxshi ishlaydi, shu sababli ko'plab super janglar aynan okeanortida bo'ladi»,-dedi Uorren.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi birinchi jangda durang qayd etilgandi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar