So’nggi yangiliklar

17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0 12:36Самбо бўйича Жаҳон чемпионатининг тантанали очилиш маросимидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:04Инфантино ЖЧ иштирокчилари сони борасида қарор қабул қилди 0 11:28Ислам Махачев Хабиб билан самбо қоидалари бўйича кўргазмали беллашув ўтказишга тайёрми? 0 10:42Бектемир Мелиқўзиев рақибини нокаутга учратди 0 10:07Самбочиларимиз Жаҳон чемпионатининг биринчи куни 6 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Фабио Каннаваро: “Ҳақиқий лидерни жамоанинг ўзи танлайди” 0

26 mar 17:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Tezkor nokautlar ustasi UFC'da debyut qiladi. Uni Xabib bilan solishtirishmoqda

Teglar :  Aliasxab Xizriev
Ertaga tongda AQSHda navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.

Kechada rossiyalik Aliasxab Xizriev debyut qiladi. 2020 yilning sentyabr oyida Aliasxab Xizriev The Ultimate Fighter musobaqasida ishtirok etdi va u erda qanday daraja sohibi ekanligini isbotlab, UFC bilan shartnoma imzoladi. Dog'istonlik jangchi MMAdagi ilk janglarini M-1 Global musobaqasida o'tkazgan. U erda sakkizta jangda oktagonga ko'tarilib, janglarining teng yarimini birinchi raundning o'zida yakunlashga erishgan. SHundan so'ng jangchi FNG promousheni bilan shartnoma imzoladi va erda to'rtta jangda ishtirok etib, uchtasini birinchi raundning o'zida yakunlashga erishgan. FNG promoushenida chempionlikka erishgandan so'ng Aliasxab Xizrievni tezda Xabibga tenglashtirishni boshlashdi. 


Uni UFC'ning yangi Xabibi deb atay boshlashdi. CHempionlik kamaridan so'ng 31 yoshli jangchi UFC The Ultimate Fighter'da ishtirok etish imkoniga ega bo'ldi. U raqibini birinchi raundning o'zida bo'g'ib qo'ya qoldi va Danadan tezroq navbatdagi raqibni berishni so'radi. Bu vaqt orasida Ali UFC'ning mashhur menejerlari Ali Abdel-Aziz va Rizvan Magomedov bilan ishlashni boshladi.

 Bu esa o'z foydasini berishi aniq edi. Aliasxab Xizriev va UFC o'rtasida shartnoma imzolanganiga bir yarim yil bo'ldi, shu vaqt oralig'ida Aliasxabning to'rtta jangi bekor bo'lishga ulgirdi.

Nihoyat Xizriev o'z imkoniyatiga ega bo'ladi. U ertaga tongda Denis Tiuliulinga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Malumot uchun, Aliasxab Xizriev professional faoliyati davomida 13 ta jangda ishtirok etgan va barchasida g'alaba qozongan. G'alabalarining 8 tasini birinchi raundda erishgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
26 mar 22:30:20
Mironsho_Jabborov
Qarri ekan qiyin boladi. Khabib shu yoshda faoliyatini tugatdi, bu endi UFCda 1chi jangi. 23-25yoshlarda UFCga kelsangiz anchagina vaqt boladi kamarga qarab yurish uchun.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing