27 dek 09:26
Yangiliklar

The Ring: Murodjon Ahmadaliev dunyoning eng yaxshi yosh bokschi bo'lishga davogar!
Etiborga molik jihati shundaki, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ham nominantlar qatoriga kiritilgan. Professional boksning engil vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan Murodjon “Yilning eng yaxshi yosh bokschisi” nominaciyasida g'olib bo'lish uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.
Murodjon Ahmadalievdan tashqari “Yilning eng yaxshi yosh bokschisi” bo'lish uchun Joshua Buatsi, Jeron Ennis, Filip Xrgovich hamda Teofimo Lopes davogarlik qilishyapti.
Ahmadaliev engil vazn (55,3 kg) toifasi WBA yo'nalishi reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. U WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Romanning birinchi raqamli raqibi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, bokschimiz 24 noyabr kuni amerikalik Isaak Zaratega qarshi jang o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongandi. U o'sha jangida o'zining WBA Intercontinental kamarini himoya qilgandi.
Fikrlar