04 noy 09:35
Yangiliklar

The Ring vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning TOP-10 bokschisini elon qildi
Unga ko'ra, reytingni nikaragualik Roman Gonsales boshqarib bormoqda. Yarim og'ir vazn toifasida 3ta chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan rossiyalik Sergey Kovalev ikkinchi pog'onadan joy olgan.
Kuchli uchlikka o'rta vazn toifasining eng kuchli bokschisi sifatida etirof etilayotgan qozog'istonlik Gennadiy Golovkin yakun yasagan. Dunyo boks tarixida eng tezkor, profi boksda ikkita jang o'tkaziboq jahon chempioniga aylangan ukrainalik Vasiliy Lomachenko 7-pog'onadan joy olgan.
The Ring. TOP-10
1. Roman Gonsales (Nikaragua)
2. Sergey Kovalev (Rossiya)
3. Gennadiy Golovkin (Qozog'iston)
4. Andre Uord (AQSH)
5. Terrens Krouford (AQSH)
6. Gilermo Rigondo (Kuba)
7. Vasiliy Lomachenko (Ukraina)
8. Kanelo Alvares (Meksika)
9. SHinsuke Yamanaka (Yaponiya)
10. Karl Frempton (Buyuk Britaniya)
Fikrlar