27 dek 08:42
Yangiliklar

The Ring “Yilning eng yaxshilari” bo'lishga davogarlarni elon qildi (barcha nomzodlar)
Jumladan, “Yilning eng yaxshi bokschisi” nominaciyasida Saul “Kanelo” Alvares, Tayson Fyuri, Vasiliy Lomachenko, Naoyya Inue va Aleksandr Usikning ism-sharifi keltirilgan.
Aleks Sosedo – Lenni Zappavinya, Gennadiy Golovkin – Saul Alvares (revansh), Jarrett Xerd – Erislandi Lara, Murat Gassiev – Yuniel Dortikos hamda Srisaket Sor Rungvisay – Xuan Fransisko Estrada janglari “Yil jangi” nominaciyasiga davogar sifatida kiritilgan.
“Yil nokauti” nominaciyasida Aleksandr Usik – Toni Belyu, Dillian Uayt – Lukas Braun, Jermall CHarlo – Ugo Senteno, Naoyya Inue – Xuan Karlos Payyano, Teofimo Lopes – Meyson Menard jangidagi nomlari birinchi bo'lib keltirilgan bokschilarning nokautlari qayd etilgan.
“Yil bokschisi” bo'lish uchun Ben Deyvison, Robert Garsiya, SHingo Inue, Anatoliy Lomachenko va Eddi Reynoso davogar bo'lib turibdi.
Joriy 2018 yilgi nominaciyalarning eng ko'pida Tayson Fyurining ism-sharifi keltirilgan. Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi “Yil bokschisi”, “Yil qaytishi”, “Yil raundi” (Deontey Uaylderga qarshi kechgan jangdagi 12-raund), “Yil voqeyligi” (Uaylderga qarshi jang) kabi nominaciyalarda eng yaxshi bo'lishga davogarlik qilyapti.
Fikrlar