30 iyu 19:35
Yangiliklar
Tennis
Timofeeva ortiqcha qiyinchiliksiz "Uimbldon"ning ikkinchi davrasiga chiqdi
Asosiy to'r bahslari saralash turniridagi g'alabalari evaziga etib kelgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham Uimbldon turnirining ikkinchi bosqichiga yo'l oldi.
U hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda braziliyalik Beatris Xaddad Mayyani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2. Bir soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda 2 ta eys zarbasini amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Eys zarbasini ijro eta olmagan Beatris esa 3 ta qo'shxato bilan uchrashuvni yakunladi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. 2024 yilgi Avstraliya Ochiq chempionati doirasidagi bahsda ham Mariya braziliyalik raqibasini taslim etgan edi. Timofeeva hozirda WTA reytingida 95, Beatris esa 134-o'rinni egallab turibdi. Vakilamizning ikkinchi davradagi raqibasi keyinroq malum bo'ladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar