So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

05 sen 14:04
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze: "Afg'oniston terma jamoasi haqida iloji boricha malumot to'plashga harakat qildik, ammo bu oson bo'lmadi"

Teglar :  Timur Kapadze
U-23 Osiyo Kubogi saralash bahslari oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda O'zbekiston U-23 termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etdi.

"Saralash bosqichi boshlangani bilan barchani tabriklayman! Qisqa vaqt ichida tayyorgarlik ko'rishga to'g'ri keldi, lekin shunga qaramay, uchta o'yinni yaxshi o'tkazamiz va qoniqarli natijaga erishamiz. Ertangi uchrashuv Afg'oniston terma jamoasiga qarshi. Ushbu terma jamoa haqida iloji boricha malumot to'plashga harakat qildik, ammo bu oson bo'lmadi. Nima bo'lishidan qati nazar ertaga g'alaba qozonamiz degan umiddaman", – dedi olimpiyachilar ustozi.

- Futbolchilarning ertangi uchrashuvga tayyorgarligi haqida gapirib o'tsangiz. Ular "raqibimiz Afg'oniston-ku", deya, ruhiy tomonlama bemalol o'ynashmaydimi?

- Fikrimcha, ruhiyat tomonlama hammasi joyida. Afg'onistonda ham futbol rivojlanib bormoqda. Afg'oniston yoshlar terma jamoasi CAFA turnirlarida ishtirok etib kelmoqda, terma jamoasi esa yozda bo'lib o'tgan CAFA kubogida kichik intriga yarata oldi. Afg'onistonlik ko'p futbolchilar Eron chempionatida to'p tepishadi. Ertangi o'yinga tayyormiz deb ayta olaman.

- Legionerlar holati haqida gapirib o'tsangiz...

- Eng avvalo, barcha legionerlarimiz sog'-salomat. Ular terma jamoaga biroz kech qo'shilishdi. Bir nechta futbolchimiz kecha mashg'ulotlarga qo'shildi. Vaqt kam, biroq legionerlarimizning darajasiga shubha qilmayman. Ular tez kirishib keta olishadi. Bizni uchta o'yin kutib turibdi va tabiiyki rotaciya qilamiz va barchaga imkoniyat beramiz.

- Legioner futbolchilarning o'z klublariga kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganini hisobga olsak, mahalliy futbolchilarimiz bilan solishtirganda o'yin ritmida farq sezilib qolmaydimi?

- Bu jihatni albatta hisobga olamiz. Ko'rib chiqamiz va qaraymiz. Terma jamoada barcha futbolchi bor kuchi bilan o'ynashi kerak. Ushbu holat terma jamoamiz o'yiniga tasir o'tkazmaydi degan umiddaman.

- Uchrashuvlarni "Jar" stadionida o'tkazish sizning taklifingizmidi yoki O'FAning?

- Bu masala kelishilgan holatda hal etildi. Hozirgi kunda maydonlarimizda muammolar bor. "Jar"da esa bunday muammo yo'q. "Bunyodkor" stadionida ham o'ynasak bo'lar edi, lekin biz ancha avval "Jar"da o'ynashimizni hal etib bo'lgandik. Yagona muammo stadionning sig'imida bo'lishi mumkin.

SHu tariqa, matbuot anjumani yakunlandi. Tez orada boshqa terma vakillari ishtirokida kechgan savaol-javoblarni etiboringizga havola qilamiz.  

Malumot uchun, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi saralash bosqichi "E" guruhida Afg'oniston, Gonkong va Eron bilan bahs olib boradi. O'zbekistonning dastlabki turda ertaga Afg'oniston bilan o'ynaydi. Uchrashuv soat 19:00 da "Jar" stadionida start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing