So’nggi yangiliklar

20:11Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз" 0 19:01Қосимжонов, Тоҳиржонова, Абдусатторов ва бошқалар. Шахматчиларимиз Лондондаги жамоавий жаҳон чемпионатида иштирок этишади 0 18:39Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими? 0 18:17"Двалишвилини фақат нокаут эвазига мағлуб этса бўлади" - Сэндхаген 0 17:51Алекс Перейра: "Анкалаевнинг провокациясига учмайман" 0 17:26Усик Трампни Украинада бир ҳафта яшашга таклиф қилди 0 17:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр 0 16:39Алмоез Али Ўзбекистон - Қатар ўйини ҳақида: "Ўйинда биздан талаб қилинган барча вазифани бажарамиз" 0 16:16Пётр Ян Двалишвилининг ғалабасига муносабат билдирди 0 15:51Перейра Анкалаевга қарши реванш режасини очиқлади 0 15:25Махачев ва Маддалена ўртасидаги жангнинг тахминий санаси маълум бўлди 0 15:02Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди 0 14:39Дана Уайт Двалишвили – Нурмагомедов реванши ҳақида гапирди 0 14:17Синнер фаолиятида илк бор "Катта дубулға" финалида ютқазди 0 13:53Илия Топурия Двалишвилининг О’Мэлли устидан қозонган ғалабасига муносабат билдирди 0

09 iyu 20:11
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze: "Katanec bilan bir-birimizni tabrikladik. Biz Qatardan har jabhada kuchlimiz"

Teglar :  Timur Kapadze
MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze va hujumchi Eldor SHomurodov Qatarga qarshi bahsdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda, muhtaram prezidentimiz boshchiligida xalqimizni g'alaba bilan tabriklayman. Qo'shaloq bayram bo'ldi. Ertaga yaxshi o'yin bo'lishini kutyapman. Nasib bo'lsa, chiroyli o'yin namoyish etib, muxlislarni xursand qilamiz", – dedi Timur Kapadze Qatarga qarshi uchrashuvdan oldin.

"Tarixiy natija bilan barchani tabriklayman. Ertaga qiziqarli o'yin bo'ladi. Muxlislarimizni chiroyli o'yin va g'alaba bilan xursand qilamiz degan umiddaman", – deya aytib o'tdi Eldor SHomurodov ertangi bahsdan oldin.

- BAAga qarshi o'yinda ko'p kuch sarflandi. Hissiyotlar, jarohatlar va ko'p energiya yo'qotildi. Mana shu omillarni hisobga olgan holda, Qatarga qarshi tayyorgarlikdan qanchalik ko'nglingiz to'ldi? Jamoada jarohatlar bor...

- Futbolda jarohatlarsiz iloji yo'q. Qaraymiz, kim tayyor. Kayfiyat va ruhiy holat yaxshi. Ertangi uchrashuvda ham hammasi yaxshi bo'lishi kerak. Kecha va bugun tayyorgarlik ko'rdik. Bugun ham so'nggi mashg'ulotimiz bor. Ertangi uchrashuvda barchasi yaxshi bo'lishi kerak.

- Ertangi uchrashuvdan oldin tarkibda yo'qotishlar bormi?

- Bor. Hozir ham shuni aytdim. Oston O'runovda jarohat bor. SHukurovda ham kichik jarohat bor. Otabekni bugungi mashg'ulotda sinab ko'ramiz. Qolgan barcha futbolchilar uchrashuvga tayyor.

- Eldor SHomurodovga savol. Bir necha kundan buyon tarixiy natija nishonlanmoqda. Jamoa tarkibidagi futbolchilar hali nimalar qilib qo'yganimizni tushunib eta olmadik deb aytib o'tdi. Nimaga erishganimizni his qila olyapsizlarmi? JCHga chiqdik degan hissiyot futbolchilarda bor va biz endi yangi darajadagi terma jamoa ekanligimiz anglab etildimi?

- Bu katta natija. To'g'risi, hali nishonlashga vaqt bo'lgani yo'q. Barcha xursand, ammo ertaga ham o'yin bor. Futbolchilarning fikrida ertangi bahs ham bor. Muxlislarimiz ko'z o'ngida o'ynaymiz va ular bizdan g'alaba kutishadi. Ular bizdan natija kutishadi. SHu sababli ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Qatarni mag'lub etib, qo'shaloq bayram qilib nishonlaymiz.

"Futbol shunisi bilan ham qiyin. Vaholanki, bitta o'yinda g'alaba qozondik, ammo bosim har doim bo'ladi. Keyingi o'yinga tayyorlanish kerak. Ayrim futbolchilarimiz ertangi bahsdan so'ng tatilga yo'l olishi mumkin, lekin Superligada to'p tepadigan futbolchilarimiz o'z jamoalariga qaytib borishadi. Futbolning qiyin jihati shu. O'yindan o'yingacha barchasi zich", – deya qo'shimcha qildi Kapadze.

- Murabbiylik faoliyatingizda BAAga qarshi eng pragmatik o'yinni o'tkazdingiz. Timur Kapadzedan hech qachon bunday o'yin ko'rmaganmiz. Qatarga qarshi to'qnashuvda ham bosim tufayli shunday o'yin ko'ramizmi?

- BAAga qarshi o'yinda nima qilib bo'lsa ham natijaga erishishimiz kerak edi. Pragmatik o'yinmi yoki boshqa narsa, umuman farqi yo'q. Bizda bosim bor edi. Muxlislarimiz BAAga etib borishdi va shunga o'xshash boshqa faktorlar o'z tasirini o'tkazdi. Bilmadim, pragmatik o'yin bo'ldimi yoki yo'q. Nazarimda, o'yinni biz nazorat qildik. So'nggi daqiqalarni hisobga olmagan holda. Qolgan barcha jabhalarda o'yin bizning qo'limizda edi. O'yindan so'ng ko'p xursandchilik bo'ldi. Ertaga ham baribir bosim bor. Muxlislarimiz tashrif buyuradi va xurmatli prezidentimiz tashrif buyuradi. Eratga ham chiroyli o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Katanecdan ketganidan so'ng taktikani o'zgartirish uchun vaqt kam edi. Endi sentyabr oyidan boshlab terma jamoamizda etarlicha vaqt bo'ladi. Endi terma jamoamizda Timur Kapadzening 4-3-3 sxemasini ko'ramizmi yoki jamoa hozirgi uslubda qolaveradimi? Rejalaringiz qanday?

- Hozirgi sxema qo'limizda bor. Keyingi o'rtoqlik uchrashuvlarida xar xil sxemalarda o'ynab ko'ramiz. Yangi nomlarni kashf etishga harakat qilamiz. Qanday vaziyatda jamoani qabul qilib olganimdan xabaringiz bor. Oldimizda eng so'nggi to'rtta o'yin bor edi. Yaratganga shukr, to'g'ri ish olib bordik va endi Jahon chempionatidamiz.

- Qatar so'nggi yillarda bizga noqulay raqib bo'lib qolgandek. So'nggi Osiyo Kubogi va oxirgi bahsda terma jamoamiz ancha qiynaldi. Qatar terma jamoasi O'zbekiston uchun noqulay raqib bo'lib qoldi degan fikrga qanchalik qo'shilasiz?

- Men futbolchi bo'lgan vaqtim vaziyat aksincha edi. Biz Qatarga qarshi yaxshi natijalar qayd etganmiz. Qatar Osiyo Kubogini yutdi. Jaomaning potenciali yuqori. Mening fikrimcha, bizning jamoa Qatardan kuchliroq. Guruh bosqichidagi har bir o'yin o'ta qiyin kechdi. Amaldagi Osiyo Kubogi g'olibi musobaqa jadvalida bizdan pastroqda turgani bunga dalil bo'la oladi. Biz har bir jabhada Qatardan kuchlimiz. Ikki uchrashuvda ham biz raqibdan kuchmiz emas edik, shunchaki ayrim vaziyatlarda Qatarga omad kulib boqdi.

- Eldor SHomurodovga savol. Saralash bosqichini zich taqvimda o'tkazdik. FIFA kunlari va klublar musobaqasi o'rtasidagi farq juda zich edi. O'zingiz ham terma jamoa safiga o'yinga bir yoki ikki kun qolganida etib kelar edingiz. Biroq iyun oyidagi FIFA kunlari terma jamoa uchun biroz boshqacha bo'lib o'tdi. Ko'p chempionatlar tugab bo'lgani sababli MTJ BAAga qarshi o'yindan bir hafta oldin yig'ila oldi va yig'in o'tkazdi. BAAga qarshi o'yindan oldingi bir haftalik tayyorgarlik rejasini qanchalik foydali bo'ldi deb o'ylaysiz?

- "Roma" bilan Evropa Ligasi va Kubok bahslarida ishtirok etayotan vaqtlarimizda har uch-to'rt kunda o'yin bor edi. Mavsum yakunida esa "Roma" barcha Kuboklarni tark etdi va faqatgina chempionatidagi ishtirokini davom ettirdi. Biz bir hafta bir o'ynaydigan bo'lib qoldik. To'g'risi, bu men uchun biroz zerikarli. Vaqt o'tishi sekin va zerikarli bo'lib qoldi. Terma jamoada ham shunday holat deya olaman. Terma jamoaga kelgandan so'ng 3-4 kun ichida o'yin bo'lsa, juda yaxshi. Tez-tez maydonda bo'lib turish ham kerak. BAAga qarshi bahsga qadar bo'lgan bir haftalik vaqt o'tishi biroz qiyin bo'ldi. O'yin ham juda ahamiyatli edi va shu sababli vaqt juda sekin o'tdi.

- Eldor, ertaga golni qanday nishonlashni qizingizdan so'radingizmi?

- Yo'q (kuladi). Gol ursam, qanday nishonlashin o'ylab qo'yganman.

- Kuni kecha terma jamoa sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec ertangi uchrashuvni stadiondan kuzatib borishi elon qilindi. O'FA Katanecni taklif etibdi. Bir necha soat avval esa ijtimoiy tarmoqlarda Srechko Katanec MTJ istiqomat qilayotgan mehmonxonaga borgani aks etgan videolar tarqaldi. Mehmonxonada Katanec bilan ko'rishdingizmi? Agar ko'rishgan bo'lsangiz, u bilan nimalar haqida gaplashdingiz?

- Katanec bilan avval ham ko'p ko'rishar edik. Aloqalarimiz yaxshi. Men o'sha vaqti Olimpiya terma jamoasida, u esa MTJda edi. Ha, mehmonxonada ko'rishdik. Bir-birimizni tabrikladik (kuladi). Katanecning hissasi ham katta. U uch yildan oshiq vaqt mobaynida MTJda faoliyat yuritdi. Prezidentimiz Katanecni taqdirlash marosimiga qo'shganidan xursand bo'ldim. Rahbariyatimiz mehnatni etibor chetda qoldirmasligi meni faxrlantiradi. Katanec kelgani juda zo'r.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing