So’nggi yangiliklar

07:43Полина Кудерметова Чарльстон WTA 500 турнири асосий тўрига чиқди 0 07:22Жейк Пол рингга қайтиш муддатини айтди 0 07:01"Интер Майами" Каземиро билан музокараларни бошлади 0 22:10Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири"ни ғалаба билан бошлади 0 20:36UFC Fight Nights 271 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум 0 20:15"Қудратли сичқонча" UFC Шон-шуҳрат Залига киритилади 0 19:54Жоржио Пуллас Арман Царукян билан MMA қоидалари бўйича жанг ўтказмоқчи 0 19:33Венесуэла бош мураббийи: "Турнирда жисмоний жиҳатдан кучли, кўп югурадиган ва босим ўтказадиган жамоаларга қарши ўйнаяпмиз" 0 19:12Netflix Роузи — Карано жанги олдидан обуна нархларини оширди 0 18:51MMA ҳамжамиятининг Исраэль Адесаньянинг бугунги мағлубиятига муносабати 0 18:30Фомин ва Шин Хитойда чемпион бўлди 0 18:09"Ньюкасл" "Манчестер Сити" посбонини ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 17:48Таэквондочиларимиз "Turkish Open-2026" турнирида қатнашади 0 17:27Навбаҳор Ҳамидова проф боксда иккинчи жангини ўтказади, у Zuffa Boxing Лигасига ўтиши мумкин! 0 17:06Царукян ва Ковингтонда ғалаба, Тажудинов эса Снайдерга мағлуб бўлди. RAF 7 турнирининг натижалари билан танишинг 0

02 may 15:20
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldindan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va sardorimiz Jasurbek Jaloliddinov Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuv avvalidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Janob bosh murabbiy, terma jamoangizning ushbu musobaqadagi ishtiroki va ertaga Yaponiya terma jamoasiga qarshi kechadigan final bahsi haqida nimalar deya olasiz?

- Barchaga xayrli kun. Qiziqarli final bo'lishi shubhasiz. Ikki tengma-teng jamoa ertaga to'qnash kelshadi. Biz ham, Yaponiya ham olimpiadaga chiqish uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdi. Biz o'tgan Osiyo kubogida yosh futbolchilar bilan ishtirok etgandik. Yaponiya terma jamoasi ham yoshroq tarkib olib kelgan. Maqsadimiz chempionlikni qo'lga kiritish.

Jasurbek Jaloliddinov

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Parij yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz va finalda ishtirok etayotganimiz bilan yana bir bor halqimizni tabriklaymiz. Ertaga qiziqarli uchrashuv kechishi aniq, biz esa kubokni O'zbekistonga olib ketish uchun maksimal harakat qilamiz.

- Bundan oldingi bahslarda raqiblarimiz tahminan qanday uslub tanlashini bilar edik. Yaponiya terma jamoasi esa bizga o'hshagan hujumkor va dominant futbol tarafdori. Ertaga Yaponiya bizga qarshi qanday uslbuni tanlashi mumkin deb o'ylaysiz?

- Yaponiya terma jamoasini yaxshi tanimiz. Bir ikki marotaba ular bilan to'qnash kelganmiz. Yaponiyaning o'yinlarini ko'rib chiqdik va o'zimiz uchun reja tuzib oldik. Biz o'zimizning rejamiz bo'yicha ishlashda davom etamiz. O'yin qanday kechishini ertaga bilib olamiz.

- Olimpiadaga yo'llanma olganingiz o'zbek futboli uchun qanday ahamiyatga ega? Ushbu musobaqada g'olib bo'lish sizlar uchun endi aktualmi?

- Olimpiadaga yo'l olish bizning birinchi maqsadimiz edi. Biz olimpiadaga chiqqan birinchi jamoa bo'ldik. Endi esa, kubokni ham qo'lga kiritishi vaqti keldi.

Jasur Jaloliddinov

- O'tgan Osiyo kubogidagi Yaponiyaga qarshi kechgan uchrashuvning eslay olasizmi? O'sha o'yinda raqiblaringiz qanday o'ynagan edi?

- O'sha musobaqadan yaxshi hotiralar qolgan. Biz o'sha uchrashuvda chiroyli g'alaba qozongandik. Hozir esa, final ostonasida turibmiz. Yaponiya terma jamoasi so'ngi ikki yil ichida o'sishga erishgani shubhasiz.

- Bir nechta futbolchilaringiz o'z jamoalariga jo'nab ketishdi, ularning o'rni qanchalik bilinishi mumkin?

- Legionerlarimiz biz bilan bo'lganda, biz yanada kuchliroq bo'lar edik, ammo afsuski ular jamoalariga jo'nab ketishdi. Bizda teng tarkib yig'ilgan va barcha futbolchilarning darajasi teng. Legionerlarning o'rnini bosa oladigan futbolchilarimiz etarlicha.

Jasurbek Jaloliddinov

- Butun musobaqa davomida har uch kunda o'yin o'tkazib kelayotgan edik. Finaldan avval esa dam olishga ko'proq vaqt berildi? Bu sizlarga qanchalik foydali bo'ldi?

- O'ylashimcha jismoniy holat bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. Ertangi uchrashuvda eng yaxshi formamizda bo'lamiz. 

- Yaponiya terma jamoa yoshlar o'rtasidagi musobaqalarni ko'p marotaba qurbok qiladi, agar musobaqa JCH yoki Olimpiadaga yo'llanma bermasa. Biz ham Yaponiya kabi har bir ciklga tayyorgarlik ko'rishga tizimiga o'tdik. Ushbu tizimni keyingi Olimpiada o'yinlari uchun davom ettirish kerakmi? 

- Biz buning ko'p marotaba guvohi bo'lganmiz. Yaponiya yo'llanma bermaydigan musobaqalarda yosh futbolchilar bilan ishtirok etar edi. Biz ham shu narsani o'rgandik va so'ngi ikki yirik musobaqada yoshlar bilan ishtirok etdik. Yoshroq tarkib bilan o'ynaganimizga qaramay, yaxshi natija qayd etdik. Bunday tizimning foydali jihatlari ko'p deb o'ylayman.

Jasurbek Jaloliddinov

- Jamoa sardoriligingiz sizga ko'proq bosim beradimi yoki ishonch? 

- Ertangi o'yinda faqat futbol haqida o'ylashimiz kerak. Jamoa sardori ekanligim menga ko'proq kuch beradi.

Jasurbek Jaloliddinov

- Diyor Rahimqulovnig xotirasi uchun kubokni Diyorning uyiga olib boramiz deb vada bergan edingiz Toshkentda o'tkazilgan Osiyo kubogida. O'sha vadangiz hali hamon o'z kuchidami?

- Ha, Diyor doim biz bilan birga. Nasib qilsa, kubok bilan O'zbekistonga qaytganimizdan so'ng, kubokni Diyorning uyiga olib boramiz.

- Qatar mamlakatining ushbu musobaqaga tayyorgarligi haqida gapirib o'tsangiz? Musobaqaning tashkiliy jihatlarda muammolarga duch kelmadingizlarmi?

- Qatar mamlakati bunday katta musobaqalar o'tkazish bo'yicha katta tajribaga ega. Tashkiliy ishlar alo darajada tashkil etilgan. Qatar mamlakatiga rahmat.  


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing