17 avg 05:55
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Tojiboevni mag'lub etgan Konseysao yakunda Olimpiada chempioni bo'ldi
Rio Olimpiadasining boks musobaqasi -60 kg vazn toifasidagi bahslarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Ushbu vazn toifasida braziliyalik bokschi Robson Konseysao Olimpiada chempioniga aylandi. U hal qiluvchi final jangida Franciya terma jamoasi azosi Sofyan Umixni 3:0 (30:27, 29:28, 29:28) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Xurshid Tojiboev chorak final jangida aynan Konseysaoga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bronza medallar kubalik Lasaro Alvares Estrada va mo'g'ulistonlik bokschi Otgondalay Dorjnyambuuga nasib etdi.
Havola :
Fikrlar