So’nggi yangiliklar

21:14UFC AbuDhabi. Богдан Гусков Криловга қарши ва бошқа жанглар (ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР) 0 18:39Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..." 0 18:17Жаҳон чемпионати. Волейболчиларимиз Пуэрто-Рикони мағлуб этишди 0 17:57Профессионал боксчи Жамшид Нажмиддинов "Octagon 76" турнирида жанг қилди 0 17:36Пимблетт нима учун Царукян билан жанг қилмоқчи эмаслигини тушунтирди 0 17:15Қозоғистонлик теннис маликаси АҚШ пойтахтидаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 16:54"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин 0 16:33Илия Топурия қандай ҳолатда Маддалена билан жанг қилишини айтди 0 16:12Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикет Кенгаши аъзолигига расман қабул қилинди 0 15:51Бугун Богдан Гусков UFC'даги навбатдаги жангини ўтказади (жанг вақти + трансляция) 0 15:30Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди 0 15:09Байдаркачимиз Арина Танатмишева жаҳон чемпионатида кумуш медалга сазовор бўлди 0 14:48Леннокс Льюис супероғир вазнда кейинги мутлақ чемпион ким бўлишини айтди 0 14:27Esports World Cup Chess. Синдаров 1,5 млн долларлик мусобақанинг саралашини муваффақиятли бошлади 0 14:06"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди 0

27 iyu 16:05
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Tokio-2020. Olimpiadaning to'rtinchi kuni medalsiz yakunlandi

Teglar :  Tokio-2020 ONLAYN
Bugun, 27 iyul kuni Tokio Olimpiadasining to'rtinchi kuni o'tkazildi.

Olimpiadada qatnashayotgan o'zbek sportchilarining ishtirokiga oid tezkor yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Dzyudo: Farangiz Xojieva (ilk bosqichda mag'lubiyat)

Taekvondo: Svetlana Osipova (ilk bosqichda mag'lubiyat)

Boks: Bobousmon Baturov (1/8 finalda g'alaba)

Dzyudo: SHarofiddin Boltaboev (7-o'rin)

Suzish: Xurshidjon Tursunov (41-o'rin)



15:22. SHuning bilan o'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroki yakunlandi. 


15:19. Suzuvchimiz Xurshidjon Tursunov 100 metrga erkin suzish bo'yicha 50.14 soniya natija bilan o'z guruhida to'rtinchi bo'ldi. Umumiy hisobda esa u 71 nafar sportchi ichida 41-o'rinni egalladi. 


14:26. Birozdan so'ng kun hisobidan so'nggi vakilimiz suzuvchi Xurshidjon Tursunov startga chiqadi. Uning chiqishi 15:10da amalga oshadi.  


14:14. Bobousmon Baturovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi Ablayxan Jusupov kutilmaganda AQSH vakiliga imkoniyatni boy berdi. SHu tariqa, Olimpiadada Qozog'istonning -69 kg vazn toifasidagi gegemoniyasi yakunlandi.


13:45. Afsuski, SHarofiddin bronza uchun o'tish jangida imkoniyatni boy berib qo'ydi va Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini yakunladi. 


13:36. Birozdan so'ng dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboevning bronza uchun o'tish jangi boshlanadi. Raqib - gruziyalik Tato Grigalashvili. 


11:28. SHarofiddin Boltaboev bronza medali uchun o'tish jangida gruziyalik Tato Grigalashviliga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan soat 13:30dan so'ng boshlanadi.


11:21. SHarofiddin chorak finalda avstriyalik SHamil Borchashviliga qarshi jang qildi va Golden Score'da imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


11:10. SHarofiddin Boltaboev chorak final jangiga tayyorlanmoqda. 


10:48. CHansel Dias britaniyalik raqibga imkoniyatni boy berdi. Svetlana Osipova bronza medali uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. 


10:30. Endi u yarim final chiptasi uchun asli gruziyalik, hozirda Avstriya sharafini himoya qilayotgan SHamil Borchashviliga qarshi tatamiga chiqadi.


10:18. -81 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz SHarofiddin Boltaboev bolgariyalik Ivaylo Ivanovni mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi.


10:01. Boltaboev tatamiga ko'tarilmoqda


9:48. Birozdan so'ng SHarofiddin Boltaboev bolgariyalik Ivaylo Ivanovga qarshi tatamiga ko'tariladi


8:35. Boltaboev endi bolgariyalik Ivaylo Ivanovga qarshi bahs yuritadi. Jang taxminan soat 9:45 dan so'ng boshlanadi. 

8:34. Dzyudochimiz SHarofiddin bir necha soniya ichida vanuatulik raqibi Ugo CHumboni ushlash usulida mag'lub etdi.


8:30. SHarofiddin Boltaboev Olimpiadadagi ishtirokini boshlamoqda.


8:07. Agar Dias finalgacha etib bora olsa, Svetlana Osipovada bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ladi. Aks holda, taekvondochimiz uchun Olimpiada yakunlanadi.


7:48. Yana taxminan 20-30 daqiqalardan so'ng dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboevning jangi boshlanadi. 


TELEGRAM va INSTAGRAMdagi sahifalarimiz orqali ham qiziqarli malumotlardan xabardor bo'lib turishingiz mumkin. 


7:31. Bobousmon endi chorak finalda britaniyalik Pet Makkormakka qarshi jang qiladi. Bo'lajak raqib - jahon chempionati finalchisi hisoblanadi.

7:27. Bokschimiz Bobousmon Baturov Dominikan Respublikasi vakili Polando Roxanga qarshi jang o'tkazdi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi.


7:15. Bobousmon Baturovning jangi boshlanmoqda!


7:11. Taekvondochimiz Svetlana Osipova ilk jangini kuchli raqib CHansel Denizga qarshi o'tkazdi va so'nggi soniyalarda 8:9 hisobida yutqazib qo'ydi.

7:04. Dzyudo. Farangiz Xojieva ilk jangidayoq Kabo-Verde mamlakati dzyudochisiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


7:01. Farangiz Xojievaning chiqishi boshlandi. Osipovada ham.


6:36 Bir necha daqiqalardan so'ng bahslarga dzyudochimiz Farangiz Xojieva va taekvondochimiz Svetlana Osipova Tokiodagi yurishini boshlaydi.


6:32. Assalomu alaykum sport muxlislari. O'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokiga oid matnli translyaciyani boshlaymiz.


27 iyul kuni quyidagi o'zbekistonlik sportchilar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishadi:

7:00 - Dzyudo: Farangiz Xojieva

7:00 - Taekvondo: Svetlana Osipova

7:15 - Boks: Bobousmon Baturov

7:30 - Dzyudo: SHarofiddin Boltaboev

15:10 - Suzish: Xurshidjon Tursunov

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Reyting: +3   

Fikrlar

+8   
27 iyu 08:01:49
Nuriddin 77
Boksda Tōlqin Qilichev degan maxluq soqqani qilyapti.
+6   
27 iyu 07:30:09
Ibroxim
Бобоусмон сен бугун ютган булсанг хам билиб кой сен боксчи эмассан бугунги ракаибинг хам худди узингга ухшаб боксчи эмас эди шунга ютиб колдинг.Агар козок киргиз йоки кубалик боксчи булганда тоза ютказар эдинг.
+4   
27 iyu 07:36:02
Bahromjon
To’lqin Qilichov terma jamoa murabbiyligidan ketishi kerak. Nomdor bolschilarimiz qolib imkoniyati past bokchilari olib ketgani uchun! To’lqin out!
+2   
27 iyu 13:04:00
Durimov Ro'zimboy
Boksda Miraziz, Bahodir shahobiddin,InshaaAlloh aniq medal oladi, Dilshod ham yaxshi jang qilarkan bu ham kamida yarim finalga boradi kamida InshaaAlloh, lekin Bobousmon , Fanat, ikkilasi keyinki boskchda to‘xtatsa kerak, Elnur nisbatan yaxshi bu ikkisindan
+2   
27 iyu 11:25:32
nasaf1
боксда 69 ва 75 кгда медал олиш жуда қийин. кўча жанги 75 даги фанат калла қўйиб жароҳат етказиш бошқа тактикаси йўқ
+2   
27 iyu 11:06:46
Bobur Sadullayev
Bobousmon o'rniga shahram kelishi kerak edi nimagadir bu ga..n kelgan tankasi yaxshi T9 ekanmi nimada
+2   
27 iyu 07:32:51
Iskandar_07
Yaxshiyamki Bobousmonni raqibidan ochko olib tashlandi. Bumasa rasvosi chiqqandi jangni
+2   
27 iyu 07:23:29
Jamshid Jabborov
Dominikanlik ham Boturovga mos ekan, boks bularga emas, kurashgami yoki boshqa sport turida o‘zlarini sinab ko‘rishi kerak
+2   
27 iyu 07:20:46
Boks boks
Бу болада умуман бокс йук палапарш факат кучоклаб зайвал килади
+1   
27 iyu 13:46:31
Inomjon Boltayev
Sharofiddin ham chiqib gitdi
+1   
27 iyu 12:39:13
Inomjon Boltayev
ertaga 2 ta qiyin jang kutmoqda Miraziz va Dilshodda
+1   
27 iyu 12:14:01
Inomjon Boltayev
Svetlana Osipova ham tugatdi ishtirokini Kazak chiqib gitdi
+1   
27 iyu 11:42:59
Elyorbek
Яна грузинми???
+1   
27 iyu 11:20:46
panasia
Yutqazib qõydi
+1   
27 iyu 11:08:47
panasia
Boltaboyevni raqibi qanaqa ekan, bizanikini kuchi yetadimi?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing