So’nggi yangiliklar

15:09Жастин Гэтжи: "Қайтаманми ёки йўқ, билмайман" 0 14:38Ражабали Шайдуллаев MVP лигаси билан шартнома имзолади 0 14:17Умарали Раҳмоналиев "Манчестер Юнайтед" билан ўйиндан сўнг нималар деди? 0 13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0

03 avg 01:31
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Engil atletika, Parij-2024

Alisher Yusupovning Olimpiada medali, Bahodirning g'alabasi va boshqa natijalar (7-kun)

Teglar :  ONLAYNParij-2024
2 avgust kuni Parij Olimpiadasining 7-kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Bugun kun davomida sportchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:  

Engil atletika. Safina Sadullaeva (balandlikka sakrash, kvalifikaciya B guruhi) - saralashda 1,95 metr balandlikni zabt etdi va kuchli 12 atlet orasiga kirib, finalga yo'l oldi.

Dzyudo. Alisher Yusupov (+100 kg, nimchorak final) - bronza medalini qo'lga kiritdi

Kamondan otish, mikst. O'zbekiston - AQSH (nimchorak final) - 0:6 mag'lubiyat

Boks. Sitora Turdibekova - Lin YU Ting (Xitoy Taypeyi) (57 kg, nimchorak final) - 0:5 mag'lubiyat

Boks. Bahodir Jalolov - Teremoana (Avstraliya) (+92 kg, chorak final) - 5:0 - g'alaba

Engil atletika. SHarifa Davronova (Uch hatlab sakrash, kvalifikaciya B guruhi) - saralashda ishtirok etdi va finalga chiqa olmadi

Boks. Hasanboy Do'smatov - Saken Bibossinov (Qozog'iston) (51 kg, chorak final) - 3:2 g'alaba

Boks. To'rabek Habibullaev - Arlen Lopes (Kuba) (80 kg, chorak final). - 2:3 mag'lubiyat



Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH



1:15. -80 kg vaznli bokschimiz To'rabek Xabibullaev chorak finalda kubalik tajribali bokschi, ikki karra Olimpiada chempioni Arlen Lopesga qarshi jang qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.


00:41. Hasanboy Do'smatov chorak finalda qozog'istonlik Saken Bibossinovga qarshi jang qildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi! Qiyin jang va yarim final!


21:58. SHarifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida kvalifikaciya bosqichidagi chiqishini yakunladi. Uning uchta urinishdagi eng yaxshi natijasi 13.74 metr bo'ldi. Afsuski, bu natija SHarifaga final yo'llanmasi uchun kamlik qildi.


21:43. Uch hatlab sakrash dasturidagi engil atletikachimiz SHarifa Davronova kvalifikaciya bosqichida ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz ilk urinishda 13.74 natija qayd etgan bo'lsa, ikkinchi urinishdan foydalana olmadi.


21:21. Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoanaga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi!


20:44. Dzyudo. Alisher Yusupov bronza uchun bahsda yaponiyalik Saito Tacuruga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini og'ritish usulida mag'lub etdi! BRONZA! O'zbekistonda yana medal!


20:00. Birozdan so'ng dzyudochimiz Alisher Yusupov bronza medali uchun yaponiyalik raqibga qarshi tatamiga chiqadi. 


18:45. Sitora Turdibekova afsuski Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi jang qilib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bokschimiz oxirigacha jang qildi. Lekin afsuski bazi jihatlar g'alabaga halal berdi.


18:20. Birozdan so'ng bokschilarimiz boshlashadi. Sitora Turdibekova Xitoy Taypeyi vakilasiga qarshi bahs olib boradi. 


16:00. Alisher Yusupov to'g'ridan-to'g'ri bronza medali uchun bahs yuritadigan bo'ldi. Uning o'tish jangidagi raqibi, gruziyalik sportchi mag'lub bo'lgach, raqibiga nisbatan sportga xos bo'lmagan harakatlar qildi va diskvalifikaciya qilindi. SHu sababli u endi o'tish jangida qatnashmaydi. Alisher Yusupov to'g'ridan-to'g'ri bronza uchun kurashadi. U Janubiy Koreya yoki Yaponiya vakillaridan biriga (mag'lub bo'lganiga) qarshi tatamiga chiqadi.  


15:32. Alisher Yusupov Golden Score'da uchinchi shido evaziga tojikistonlik raqibiga yutqazdi. Endi u kechki dasturda o'tish jangida qatnashadi. Agar yutsa unda bronza uchun kurash imkoni bo'ladi.


14:55. Safina Sadullaeva finalga yo'l oldi! Engil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz 1,95 natija qayd etib, kuchli 12 nafar sportchi ichidan o'rin oldi. Bu orqali Safina mavsumdagi eng yaxshi natijasini ko'rsatdi. Endi u 4 avgust kungi finalda medallar uchun kurashadi. 


14:40. Kamondan otish. Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova 3-raqam ostida saralangan AQSH terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:6 hisobida yutqazdi. 


14:32. Alisher Yusupov nimchorak finalda slovakiyalik Marius Fizelga qarshi bahs olib bordi va ippon bahosi bilan g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.


14:18. Engil atletikachimiz Safina Sadullaeva bu safar 1.92 metr masofaga balandlikka sakrashni ilk urinishdayoq muvaffaqiyatli yakunladi. 


13:47. Safina Sadullaeva ikkinchi urinishda 1.88 metr balandlikka muvaffaqiyatli sakradi.


13:36. Bu paytga kelib, Alisher Yusupovning ilk raqibi malum bo'ldi. Dzyudochimiz nimchorak final bosqichida slovakiyalik Marius Fizelga qarshi tatamiga chiqadi. Fizel biroz oldin Fiji vakili Jerard Takayavani ippon bahosi ila mag'lub etdi. Yusupovning chiqishi taxminan 14:40 da boshlanishi kutilmoqda.


13:28. Balandlikka sakrashdagi hamyurtimiz Safina Sadullaeva ilk chiqishida 1.83 metrni bo'ysundirdi va dastlabki urinishdan muvaffaqiyatli foydalandi.


13:15. Safina Sadullaeva ishtirokidagi balandlikka sakrash dasturining kvalifikaciya bahslari boshlanmoqda. 


13:11. Kamonchilarimizning ishtirokiga oz vaqt qolmoqda. Yana uchta bellashuvdan so'ng Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova juftligi AQSH termasiga qarshi bahs olib boradi.



Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing