So’nggi yangiliklar

11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0

25 fev 12:01
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio Olimpiadasi Londonga ko'chiriladimi?

Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi Olimpiya o'yinlari uchun ko'ngillilarni tayyorlash jarayonini kechiktirdi.

Bunga butun dunyoga xavf solayotgan koronavirus sabab bo'lmoqda, deya xabar beradi tashkiliy qo'mita matbuot-xizmati.

Ko'ngililarni jamlash ayni kunlarda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan edi. Ammo tashkilotchilar hali Olimpiya o'yinlarini bekor qilish masalasini ko'rib chiqqani yo'q. Bir tomondan Tokio hukumati barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilmoqda. SHu bois ham 2.7 ming kishidan iborat ko'ngillililar uchun Olimpiya o'yinlarida ishlash jarayoniga bag'ishlangan trening joriy yilning may oyi yoki undan keyinroqqa qoldiriladi.

Bir necha kun muqaddam London tomoni o'zlarini Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun alternativ nomzod sifatida ko'rib chiqishni taklif qildi. Britaniya poytaxti merligiga nomzodlardan biri SHon Beyli Yaponiyada ham koronavirusdan bir necha yuz kishi zarar ko'rgani va uning tarqalishidan tashvishda ekanini bildirdi. O'z navbatida Tokio meri Yuriko Koike SHon Beylining Olimpiya o'yinlarini Londonga ko'chirish haqidagi taklifiga tanqidiy fikr bildirdi. “Bu masaladan shahar merligi uchun kurashda o'z manfaatlari yo'lida foydalanish yaxshi emas”, – dedi Yuriko Koike. Takidlash joiz, XOQ hali bu borada yakuniy qarorni qabul qilgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, Britaniya poytaxti bungacha 1908, 1948 va 2012 yillarda yozgi Olimpiya o'yinlarini qabul qilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing