So’nggi yangiliklar

00:43Фирдавс Ҳасанов қирғизистонлик спортчига қарши жанг қилди 0 23:35Авлиёхон Ҳамидов Mangu 3 турнирида жанг қилди 0 22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0

24 iyu 17:39
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio Olimpiadasi medallari taqdim etildi, u qanday ko'rinishda bo'ladi? + FOTO

Teglar :  MedallarTokio-2020
Bugun Tokio Olimpiadasining startiga roppa-rosa 1 yil qoldi.

SHu munosabat bilan bugun Yaponiya poytaxtida ushbu sana yuzasidan katta tadbir o'tkazildi. 

Mazkur tadbirda Olimpiada tashkilotchilari bo'lajak musobaqaga ko'rilayotgan tayyorgarlik, olib borilayotgan ishlar haqida to'xtalib o'tishdi. Faxriy mehmonlar qatorida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax ham tashkiliy qo'mitaning tayyorgarligiga yuqori baho berdi.

SHuningdek, tadbir davomida Tokio Olimpiadasi medallarining taqdimoti ham bo'lib o'tdi.


Medallar bir qarashda sayqallanib nur taratayotgan toshlarni eslatadi. Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, ularining dizayni sportda raqobatlashayotgan, jo'shib ishlayotgan odamlarni, ifodalaydi. Taralayotgan nur esa bir-birlarining qo'llarini ushlab turgan butun dunyo odamlari va ularda aks etgan iliq do'stlikni anglatadi.


Medallar diametri: 85 mm.

Vazni: 556 gramm (oltin), 550 gramm (kumush) va 450 gramm (bronza)

Tarkibi: oltin medal sof oltindan emas. Uni tayyorlash uchun kumush medalning ustiga 6 gramm oltin eritmasi quyiladi. Kumush medali sof kumushdan, bronza esa mis va rux moddalarining qo'shilmasidan tayyorlanadi.

Dizayner: Junichi Kavanishi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing