So’nggi yangiliklar

07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0

22 noy 13:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Tokio Olimpiadasida bokschilardan umidimiz katta

Teglar :  BoksOlimpiadaTokio
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston boks federaciyasi masullari bilan yig'ilish tashkil qilindi.

Uchrashuvni Bosh kotib Jasur Matchanov olib bordi. O'tkazilgan yig'ilishda bokschilarimizni Tokio Olimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etishlarini taminlash maqsadida ishlab chiqilgan strategiya muhokama qilindi. Federaciya vakillari bu bo'yicha o'z rejalarini, maqsad va vazifalarini tushuntirib berdilar.

Malumot uchun, 2016 yilgi Olimpiya o'yinlarida ham boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagandilar. 

Endi bokschilarimiz oldida yanada masuliyatli vazifa turibdi. Ular ushbu natijani kamida takrorlashlari lozim bo'ladi. Bu esa oson bo'lmasligi tabiiy. CHunki, 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarining boks bo'yicha bellashuvlarda vazn toifalari kamaytiriladi. Bungacha 10 ta vaznda bahslar tashkil etilgan bo'lsa, Tokio Olimpiadasida 8 ta vaznda bahslar o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, kecha O'zbekiston engil atletika federaciyasi mutasaddilari bilan ana shunday yig'ilish tashkil etilgandi. Rejaga ko'ra, Milliy olimpiya qo'mitasida barcha olimpiya sport turlari federaciya va associaciyalari bilan ana shunday muhokamalar bo'lib o'tadi. Zero, Yaponiya mezbonlik qiladigan Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish bugungi kunda MOQ oldiga qo'yilgan eng dolzarb vazifadir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing