So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

19 dek 11:14
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokiodagi Olimpiya stadioni foydalanishga topshirildi

Taniqli memor Kengo Kuma dizayni ostida qurib bitkazilgan ko'rkam sport arenasining Tokio aholisi uchun ochilish marosimi 21 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Ushbu tantanada jonli musiqa, yapon ananalarining namoyishlari va boshqa maxsus tadbirlar aks etadi. SHuningdek, ushbu tadbirda qisqa masofalarga yugurish bo'yicha Olimpiada va jahon rekordchisi sifatida butun dunyoga tanilgan yamaykalik Useyn Boltning tashrifi ham kutilmoqda.

Olimpiya stadioni qabul qiladigan birinchi sport tadbiri Yaponiya Imperator kubogining final o'yini bo'ladi. Arena 2020 yilning 1 yanvarida bo'lib o'tadigan kubokning hal qiluvchi bahsiga mezbonlik qiladi. 

Paralimpiya o'yinlari davomida stadionda ochilish va yopilish marosimlari hamda para atletika musobaqalari o'tkaziladi. 68,000 kishilik sig'imga ega Olimpiya stadioni o'yinlarning tomoshabinlarida unutilmas taassurot qoldiradi va ularda unutilmas xotiralar bilan qoldiradi. Unda to'qqiz qatorli yugurish yolakchasi, ikkita ulkan ekran va zamonaviy Wi-Fi tarmog'i mavjud.

Stadion fasadi Yaponiyaning 47 prefekturasidan olib kelingan ko'p qavatli yog'och bo'laklaridan iborat bo'lib, majmuaning tomi po'lat ustunlar va laminat taxtalardan bunyod etilgan. Umuman olganda, stadion hududida 47 mingdan ortiq o'rta va kichik daraxtlar ekilgan. 

Bundan tashqari, robotlar nogironlar aravachasidagi tomoshabinlarga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar olib yurish, ularni joylariga olib borish va voqealar haqida malumot berish orqali yordam beradi.

Stadionning qurilishi 2016 yil 1 dekabrda boshlanib, 2019 yil 30 noyabrda yakunlandi, jarayonning turli bosqichlarida 1,5 milliondan ortiq ishchi ishtirok etdi.

Uning qurilishi uchun rejalashtirilgan 159 mlrd iena (1.45 mlrd AQSH dollari) byudjetdan 156.9 mlrd iena (1.43 mlrd AQSH dollari) sarflandi. 

Eslatib o'tamiz, Toki mezbonlik qiladigan Olimpiya o'yinlari 24 iyul - 9 avgust, Paralimpiya o'yinlari 2020 yil 25 avgustdan 6 sentyabrgacha bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing