18 mar 18:12
Yangiliklar

To'lqin Qilichev -75 kg uchun davogar, Bektemir Meliqo'ziev va Dilshod Ro'zmetov haqida gapirdi
-Olimpiada licenziyasini qo'lga kirita olmagan Fanat Qahramonov o'rnini kim egallaydi?
-Bu borada ikki-uch davogar bor. Endi murabbiy va rahbariyat bilan maslahatlashib, qaror qabul qilamiz.
-Qahramonov Ammandagi musobaqada asosiy variant emas edi, to'g'rimi?
-Yo'q, rejamizda Bektemir Meliqo'ziev bor edi. Vaziyat shunday bo'lib qoldi va u Osiyo licenzion musobaqasida ishtirok eta olmadi. SHundan so'ng Qahramonov bahslarda qatnashdi.
-Jahon miqyosidagi licenziion musobaqada Meliqo'zievni ko'rishimiz mumkinmi?
-Ha, shunday bo'lishi mumkin.
-Ilk bosqichdayoq musobaqani tark etgan Dilshod Ro'zmetovchi?
-Bu bizning murabbiylik xatoimiz edi. U yosh va istiqbolli bokschi. SHu sababli yana unga imkon beramiz. U yutqazgan jangda hakamlar va nokdaun o'z so'zini aytdi. Barchasi yaxshi ketayotgandi, lekin o'sha nokdaun barchasini barbod qildi.
Fikrlar