06 iyu 13:32
Yangiliklar

To'lqin Qilichev ham AQSHda FOTO
Ushbu jangda bokschimizga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qiladi. Ushbu muhim jangda bokschimizni oldida bo'lish uchun Isroilning shahsiy murabbiyi To'lqin Qilichev ham AQSHga etib borgan. "Madison Square Garden"da o'tkaziladigan jangda u o'z shogirdiga kerakli ko'rsatmalarni berib boradi.
"Xa, men ham yaqin do'stlarim bilan Isroilni qo'llab-quvvatlashga etib keldim. Jangni shunchaki uyda o'tirib tomosha qila olmasdim. Isroilning o'zi ham kelishimni kutayotgandi. "Madison Square Garden"da jang olib borish bokschiga masuliyat yuklaydi. Yaqin insonlarning yonida bo'lishi bokschi uchun katta ruhiy yordam bo'ladi.
Raqib juda jiddiy. Tajribali, kamdan-kam nokdaun va nokautga uchragan bokschidir.
Isroilni qo'llab-quvvatlang. Nasib qilsa, u raqibini mag'lub etadi yurtimizga yorug' yuz bilan qaytamiz", - dedi To'lqin Qilichev olamsport.com muhbiri bilan suhbatda.
Fikrlar