29 apr 20:56
Yangiliklar
Boks/MMA

To'lqin Qilichev: SHohjahon Ergashev xech kim bilan urishmagan
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi To'lqin Qilichev SHohjahon Ergashev haqida gapirdi.
"SHohjahon o'z vaqtida terma jamoada bo'lgan. CHempionatda uchinchi o'rinni olgan. Terma jamoa azosi bo'gan va keyin professional boksga o'tib ketgan. Uning asosiy ishi professional ringda. Kelgan payti terma jamoa bilan mashg'ulot o'tkazadi, unga kimdir taqiq qo'ymagan, keladi, ishtirok etadi, o'z ishini bajaradi.
SHohjahon yomon bola emas, mamlakatimiz bayrog'imizni ko'taryapti. Uni terma jamoaga olmaysiz degan savol noo'rin.
Mashg'ulotlarda xech qanday kelishmovchilik bo'lmagan, OAV orqali bo'ladigan tushunmovchilikni terma jamoaga aralashtirmaslik kerak, buni bilmagan va ichiga kirmagan odam gapiraveradi, u terma jamoada xech kim bilan urishmagan", - dedi To'lqin Qilichev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar