14 iyu 10:57
Yangiliklar

Tom SHvarc: Men faqat chempionlik kamari haqida o'ylayapman
Ushbu jang AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Germaniyalik 25 yoshli bokschi faoliyatidagi eng muhim jang oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'ylashimcha, Tayson Fyuri dunyoning eng yaxshi bokschisi. Hech kim Fyuriniki kabi jang olib borish uslubiga ega emas. SHu sababli ham jangga tayyorlanish oson kechmadi. Professional boksga 18 yoshimda o'tdim. Ungacha havaskor boksda yaxshi natijaga erishdim - 41-9-3.
15 iyun kuni orzularimdan biri ushaladi. Har bir bokschining orzusi Las-Vegasda jang qilish, men ertaga niyatimga etaman. Hozirgacha 24ta jangda g'olib chiqdim. Yigirma beshinchi g'alaba Fyuriga qarshi jangda qayd etiladi. Oliy orzuim esa jahon chempioni bo'lish. Bunga ham oz fursat qoldi”, - deya SHvarcning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.
Fikrlar