30 apr 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/116529_220.jpg)
Tomas Bax: "XOQ Olimpiadaning ko'chirilgani uchun bir necha yuz million dollarni o'z bo'yniga oladi"
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Tokio Olimpiadasining ko'chirilishi munosabati bilan bog'liq bir necha savollarga javob berib o'tdi.
"Oldimizda yana bir muhim vazifa - Olimpiya o'yinlarini o'tkazish turibdi. Bu nafaqat XOQ, balki yaponiyalik hamkorlarimiz, Olimpiya jamoatchiligi oldidagi murakkab vazifa. Olimpiya o'yinlarining uzoq yillik tarixida bunday murakkab vaziyatda turibmiz. Tabiiyki, bir qator moliyaviy savollar ham paydo bo'ladi. XOQ bu borada bir necha yuz million dollarlik zararni o'zi qoplashga tayyor", – dedi Tomas Bax.
Eslatib o'tamiz, bu yil o'tkazilishi kerak bo'lgan Tokio Olimpiadasi 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgust sanasiga ko'chirilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar