So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

25 apr 11:27
Yangiliklar

Dzyudo

Tomu Tori: "Maqsadimiz yutish emas, yutqazmaslik!"

O'zbekiston va Yaponiya davlatlari o'rtasidagi do'stona aloqalar sport sohasida ham davom etmoqda.

Jumladan, dzyudo vatani Yaponiyadan kelgan tajribali mutaxassis, dunyoga mashhur Kodokan maktabi tarbiyalanuvchisi, xalqaro yo'riqchi (instruktor) Tomu Tori ham ana hamkorlik doirasida qariyb yarim yildan beri yurtimizda faoliyat yuritmoqda. Kunchiqar yurt murabbiyi faoliyati davomida orttirgan tajribasini barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz azolariga ulashmoqda.    

- Tomu, O'zbekistonga kelishingizdan oldin yurtimiz dzyudosi haqida fikringiz qanday edi?

- O'zbekistonga ilk bor 2002 yili kelgandim. O'shanda sportchi edim. Hozir esa murabbiy sifatida yurtingizda bo'lib turibman. Taassurotlar juda ham yuqori. Oraliqdagi 18 yil ichida mamlakatingiz barcha sohalarda juda katta o'sishga erishgan. Bu nafaqat mening, balki O'zbekistonga kelayotgan boshqa xorijliklarning ham fikri. Endi bevosita savolingizga kelsak, O'zbekiston dzyudosi barcha davrlarda qita va jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan. Dunyoda ham o'zbekistonlik dzyudochilarga alohida hurmat bilan qarashadi. Olimpiada va jahon chempionatlarida dzyudochilaringiz medallar uchun davogarlar qatorida etirof etiladi. 

- Siz dunyoga mashhur Kodokan maktabida dzyudo sir-asrorlarini o'rgangansiz. SHaxsan o'zingiz O'zbekistonga qaysi dzyudo maktabi uslubini olib kirmoqchisiz?

- Bu erga Yangi yil arafasida kelganman. SHundan so'ng terma jamoamiz ko'plab xorij yig'inlari, Gran-Pri va "Katta Dubulg'a" turnirlarida ishtirok etdi. Tabiiyki, musobaqa va yig'inlardan tashqari vaqt juda kam bo'ldi. Hozirgacha ikkitagina viloyatda bo'ldim. Oxirgisi Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatini bevosita kuzatganim edi. SHundan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, menda yurtingiz dzyudosini ichkaridan turib ko'rish va tahlil qilish uchun to'liq imkoniyat bo'lmadi. Ochig'i, asosiy urg'u Olimpiadaga qaratilgani bois bolalar dzyudosiga etibor qarata olmadim. Endi fursati kelganda, karantinga tushib qoldik. Men bu erga O'zbekiston dzyudosi rivojiga yordam berish uchun kelganman. O'ylaymanki, bu missiyani sharaf bilan uddalayman. Siz aytgandek, Kodokan maktabida olgan bilimlarim, sportchilik faoliyatim davomida orttirgan tajribalarimni mahalliy yoshlarga ulashaman. 

- Yurtimiz dzyudochilardan kimlarni alohida etirof etgan bo'lardingiz. Umuman, O'zbekiston dzyudosi kelajagini qanday ko'ryapsiz?

- O'zbekiston terma jamoasining har bir azosini kuchli deb hisoblayman. Alohida bir dzyudochini aytmagan bo'lardim. Bugungi kunda Olimpiada reytingiga qaraydigan bo'lsak, yigitlarimizning bari Tokioga borish reyting pog'onalarida turishibdi. To'g'ri, koronavirus pandemiyasi sabab Olimpiada keyingi yilga qoldirildi. Tabiiyki, musobaqalar ham ko'chirildi. Karantin butun dunyo dzyudochilarining bugungi holatiga tasir o'tkazmasdan qolmaydi. Eng muhimi, Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritish va dzyudo vatanida shoxsupaga ko'tarilish kerak. SHunda biz murabbiylarning ishi ko'zga ko'rinadi. O'z o'rnida biz vazifamizni bajargan bo'lamiz. O'zbekistonlik dzyudochi mening Vatanimda shoxsupaga ko'tarilsa, ikki xissa xursand bo'laman. Bizning bosh maqsadimiz - yutish emas, yutqazmaslik! Tabiiyki, yutqazmagan sportchi chempionlik sari dadil odimlaydi. Biz terma jamoa dzyudochilarini yutqazmaslikka o'rgatyapmiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing