10 iyu 18:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson: Asosiy maqsad - Xabib, keyin qolganlar!
Amerikalik aralash qoidalar ustasi, sobiq UFC chempioni Toni Fergyuson asosiy nishoni Xabib Nurmagomedov ekanligini aytdi.
Fergyuson 7 sentyabr kuni UFC kamari uchun kechadigan jang ishtirokchilari - Dastin Pore va Xabib Nurmagomedovdan biri jarohat olsa, zaxira jangchisi bo'lishga tayyorligini malum qildi.
"Har qanday holatda ham men jahon chempionlik kamari uchun oktagonga chiqaman. Superjang sifatida men faqat Konor Makgregorga qarshi kechishi mumkin bo'lgan jangni tan olaman. Lekin hozir meni ko'proq Xabib va Pore jangi qiziqtiryapti. CHunki, aynan shu jang g'olibi bilan to'qnash kelaman. Birin-ketin bu vaznning barcha etakchilarini nokautga uchrataman. Asosiy maqsadim - Xabib! Kamarni menga bering", - dedi Fergyuson.
Havola :
Fikrlar