07 sen 18:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Toni Fergyuson: Bugun ikki tomonlama nokaut kutyapman
Sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson bugun o'tkaziladigan Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Avvalo, Dastin Pore va Xabib Nurmagomedovga UFC 242 turnirida ajoyib jang o'tkazishlarini tilayman. Yigitlar, jangdan rohat olinglar va menga ham nimadir qoldiringlar.
Bugungi jangdan har doimgidek, ikki tomonlama nokaut kutyapman. Ikkingizdan biringiz keyingi raqibim bo'ladi! Haqiqiy chempionlik hissini tuyish fursati etdi", - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Toni Fergyuson.
Avvalroq, Toni Fergyuson keyingi jangida Xabib va Pore bahsi g'olibi bilan to'qnash kelishi aytilgan edi.
Havola :
Fikrlar