11 iyu 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson: Men so'nggi marta yutqazganimda ayollar hali UFCda yo'q edi, u esa yordam puli evaziga kun kechirardi"
Toni Fergyuson so'nggi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
"8 yil, 12 ta jang, bir necha jarohat operaciyalari. "Perezagruzka" uchun vaqt keldi. So'nggi marotaba yutqazganimda vaziyat quyidagicha edi:
-Ayollar UFCda jang qilishmasdi.
-Kamaru Usman va Genri Sexudo professional jangda ishtirok etmagandi.
-Ben Xenderson engil vazn chempioni edi.
-Anderson Silva va Jorj Sen-Per chempion edi.
-UFCda o'ta engil vazn tashkil etilganiga ikki oy bo'lgandi.
-Maknaggets esa yordam puli evaziga kun kechirardi.
(Maknaggets - Konor Makgregor nazarda tutilmoqda - Olamsport)
Tanaffuslar yaxshilikka", - deya xabar qoldirdi Fergyuson.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar