08 apr 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson Xabib va Konorni "latta" deb atadi
Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor haqida qanday fikrda ekanligini aytdi.
"Xabib va Konorga alohida aytar gaplarim yo'q. Mendagi malumotlarga ko'ra ularning har ikkisi ham faoliyatini yakunladi. Men ularga ancha oldin bu ishni qilishlarini aytgandim. Mayli, hechdan ko'ra kech. Bu haqiqiy erkaklar sporti, "lattalar"niki emas", - deya keskin ohangda fikr bildirgan Fergyuson Tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson 18 aprel kuni Xabib Nurmagomedovga qarshi chempionlik jangida oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin koronavirus sabab Xabibning bu jangda qatnashmasligi malum bo'ldi. Uning o'rnini esa UFC 249 turnirida Jastin Getji egalladi.
Havola :
Fikrlar