01 apr 16:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Toniga yana bir UFC jangchisi “vyzov” tashladi
Argentinalik UFC jangchisi Santyago Ponzinibbio Toni Fergyusonga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Toni — UFCning eng kuchli jangchilaridan biri, u oktagonda doim qanaqadir o'zgacha ishlarni amalga oshiradi. U bilan birga ajoyib jang tashkil qilgan bo'lar edik. Ikkimizning ham jang uslubimiz bir xil: Biz ochiq jang tarafdorimiz va hech qachon o'zimizni ayamaymiz.
Unga qarshi jang qilishni istagan bo'lardim, lekin engil vaznda emas, sababi 18 aprelga qadar vazn tashlay olmayman, shuning uchun oraliqdagi vaznda jang qilishimiz mumkin”,-dedi Santyago Ponzinibbio.
Malumot uchun, Santyago yarim og'ir vazn ishtirokchisi hisoblanadi, u so'nggi etti jangida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar