29 fev 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

TOP-10dagi bokschimiz Olimjon Nazarov himoya jangini o'tkazdi
Professional bokschimiz Olimjon Nazarov Kambodjada o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimiz filippinlik Orli Silvesterga (15-5-2) qarshi ringga ko'tarildi va o'ziga tegishli WBO Oriental kamarini himoya qildi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlar Olimjon Nazarovning g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Bu Nazarov uchun faoliyatidagi 27-jang edi. U shu kungacha 22 ta jangda g'alaba qozonib (12 ta nokaut), 5 ta jangda mag'lub bo'lgan.
Qayd etish lozimki, Nazarov ayni paytda o'taengil vazn toifasida WBO yo'nalishining to'qqizinchi o'rnini egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar