So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

02 noy 16:10
Yangiliklar

Kurash

To'raqo'rg'onda chempionlar aniqlandi + FOTO

Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etgan mazkur chempionatda bellashuvlar qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo'ldi. Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi hakamlar guruhi esa polvonlarning har bir chiqishini diqqat bilan kuzatib, kuchlilarni saralab borishdi. 

Musobaqaning birinchi kunida o'g'il bolalar belbog'li kurashning klassik yo'nalishida 11 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishdi va qo'yidagi sportchilar o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini engib, oltin medal sohiblariga aylanishdi.

O'g'il bolalar (klassik yo'nalish)

42 kg. 1. Xabibjon Abdurashidov (Toshkent sh.), 46 kg. 1. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon), 50 kg. 1. Abduqodir Turdixonov (Navoiy), 55 kg. 1. Abduqodir Avazbekov (Namangan), 60 kg. 1. Ismoil Umrzoqov (Namangan), 65 kg. 1. Fayozbek Abdug'affarov (Farg'ona), 71 kg. 1. Samandar Anvarov (Farg'ona), 77 kg. 1. Javohir Abdullajonov (Namangan), 83 kg. 1. Murodjon Sobirjonov (Namangan), 90 kg. 1. Oybekjon Muhammadjonov (Farg'ona), +90 kg. 1. Bahodir Mehmonov (Farg'ona).

CHempionatning ikkinchi kunida taqvim – rejaga muvofiq, o'g'il bolalar erkin yo'nalishda ham klassikdagi kabi 11 ta vazn toifasida, qizlar esa shu yo'nalishda 7 ta vaznda kuch sinashishdi.

Qizlar (erkin yo'nalish)

44 kg. 1. Mohiraxon Qaxxorova (Andijon), 48 kg. 1. Zulayxo Abdujabborova  (Namangan), 52 kg. 1. Yulduz Abdullaeva (Sirdaryo), 57 kg. 1. SHohistaxon Sodiqova (Farg'ona), 63 kg. 1. Qizlarxon Husanova (Namangan), 70 kg. 1. Ozodaxon Sattorova (Farg'ona), +70 kg. 1. Dinara Qosimova (Namangan).

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

42 kg. 1. Tohirjon Habibullaev (Namangan), 46 kg. 1. Hayotbek Kamoliddinov (Farg'ona), 50 kg. 1. Asadbek Ergashaliev (Farg'ona), 55 kg. 1. Jamoliddin Nematullaev (Namangan), 60 kg. 1. Umidjon Muhammedov (Navoiy), 65 kg. 1. Otabek Abdurashidov (Namangan), 71 kg. 1. Islombek Raximqulov   (Namangan), 77 kg. 1. Kamronbek Alijonov   (Namangan), 83 kg. 1. Imomali Toliboev (Farg'ona), 90 kg. 1. Jasurbek Valijonov (Farg'ona), +90 kg. 1. Toshpo'lat Asadov (Buxoro).

Bellashuvlar yakuniga etgach g'olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Bokenbay SADUAKASOV, olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus shahar oliy sport mahorati maktabi belbog'li kurash treneri, belbog'li kurash bo'yicha respublika toifasidagi hakam: 

- Tashkilotchilarga rahmat, mazkur chempionatga ham yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rilgan. Belbog'li kurash bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi bosh murabbiyi  SHarap Sarev boshchiligida 23 nafar shogirdlarimiz bilan musobaqada ishtirok etdik. Natijalarimiz yomon emas. Jamoa azolarimizdan +70 kg.da Lazzat Tolepbergenova, 71. kg.da Sevara SHajenova, 90 kg.da Berdimurat Rembaevlar faxrli ikkinchi o'rinlarni band etishgan bo'lishsa,  44 kg.da Moldir Alimbaeva va 57 kg.da Tursunay Koshnyazovalar uchinchi o'rinlarni egallab, bronza medallarini qo'lga kiritdi. Aytish joiz, keyingi yillarda bizda ham belbog'li kurash keng ommalashgan. Ayni paytda Qoraqalpog'istonda ming nafarga yaqin o'g'il-qizlar belbog'li kurash bo'yicha muntazam mashg'ulotlarga qatnaydi. Hatto, belbog'li kurash bo'yicha bir nechta sportchilarimiz jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarada oltin va kumush medallarga ega chiqishgan. Maqsadimiz - sportni ommalashtirish, milliy sport turimiz sanalagan belbog'li kurashni ommalashtirish, qolaversa, shogirdlarimiz orasidan kuchlilarini saralab, katta sport sari etaklash va jahon sport maydonlarida g'olib bo'lishini taminlashdan iborat.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing