24 noy 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

To'rt karra UFC chempioni $250 000, Ortis – $200 000 gonorar oladi
AQSHning Kaliforniya shtati Sport komissiyasi CHak Liddell hamda Tito Ortisga vada qilingan gonorar miqdorini oshkor etdi.
Unga ko'ra, sakkiz yillik tanaffusdan so'ng ilk bor jang o'tkazayotgan Liddell o'z hamyonini 250 000, Ortis esa 200 000 AQSH dollariga boyitib oladi. G'alaba qozongan sportchiga qo'shimcha bonus vada qilinmagan. Ushbu MMA oqshomi Oskar De La Xoyya tomonidan tashkil etilyapti.
Liddell faoliyatidagi eng katta gonorarini 2010 yildagi jangi uchun olgan. O'shanda u Rich Franklin bilan bo'lib o'tgan jangidan 500 000 AQSH dollari ishlab olgan edi. Ortis esa shu yil CHel Sonnenga qarshi jangida 300 000 dollar gonorarga ega bo'lgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar