15 jan 08:01
Yangiliklar
To'rt kun qolganda UFC 311 kardiga beshinchi rossiyalik qo'shildi
Qizig'i, turnirga 4 kun qolgan bir paytda UFC 311 kardiga yana bir rossiyalik aralash yakkakurash ustasi qo'shildi. Vladikavkazlik Azamat Bekoev dunyoning kuchli Ligasida debyut qiladi. U qisqa muddatda safdan chiqqan Sedrik Dyumaning o'rnini egalladi. O'rta vazn toifasi jangchisi hisoblangan Bekoev amerikalik Zak Rizga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, Azamat Bekoev o'rta vazn toifasida ikki karra LFA chempioni hisoblanadi. U 6 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. So'nggi jangida CHaunsi Foksvortni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. Bekoev MMAda 18 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Zak Riz esa UFC`dagi debyut jangida nokaut bilan yutqazgan va shundan so'ng ketma-ket ikki g'alabaga erishgandi.
Fikrlar