20 okt 11:05
Yangiliklar

To'rt nafar bokschi qizimiz “Chinggis Khan Cup” turniri yarim finalida!
O'nga yaqin davlat bokschilari ishtirok etayotgan turnirda mamlakatimizning ikkinchi raqamli charm qo'lqop ustalari ham ringga ko'tarilyapti. SHuningdek, ayol bokschilarimizdan to'rt nafari ham o'z mahoratlarini namoyish etishyapti.
Quvonarlisi, ularning barchasi ikkitadan janglarini
g'alaba bilan yakunlab, yarim finalga yo'llanma olishdi. SHahnoza Nizomova,
Maftunaxon Melieva, Tursunoy Rahimova, Dilnozaxon Odiljonovalar kamida bronza
medalini naqd qilishdi.
Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa Nodirjon Mirzaahmedov, Abror Qodirov, Elnur Abduraimov, Fazliddin Meliboev, Isroil Madrimov va Zuhriddin Mahkamovlar g'alabali yurishlarini davom ettirishyapti. Birgina Burgut Xojiboev ilk jangida mag'lubiyatga uchragan.
Mo'g'ulistondagi turnirda terma jamoamizga Rustam Saidov va Dilmurod Xasanovlar murabbiylik qilishyapti. Bekjon Yusupov esa boks bahslarida hakamlik qilyapti.
Fikrlar