04 fev 08:46
Yangiliklar

To'rt nafar bokschimiz Bishkekdagi turnir finalida!
O'z tarixida 41-marotaba tashkil etilayotgan Duyshenkul SHopokov xotirasiga bag'ishlangan musobaqada erkaklar va ayollar jami 13ta medallar jamlanmasi uchun bahslarga kirishishgan.
Xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozig'iston, Tojikiston va O'zbekistondan 150 nafarga yaqin charm qo'lqop ustalari ishtirok etishyapti. Kecha o'tkazilgan yarim final janglaridan so'ng 4 nafar bokschimiz finalga yo'l oldi.
Yarim final natijalari:
49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov (O'zbekiston) - Rustam Hamidov (Qozog'iston) - 3:2
52 kg: Foziljon Abdumurodov (O'zbekiston) - Seit (Qozog'iston) - 4:1
56 kg: Sirojiddin Abdullaev (Qirg'iziston) - Oybek Jo'raev (O'zbekiston) - 4:1
60 kg: Rahmatillo Qo'ziev (O'zbekiston) - Argen Kadirbekov (Qirg'iziston) - 0:5
69 kg: Fazliddin Meliboev (O'zbekiston) - Maksat Kobetay (Qozog'iston) - 5:0
81 kg: Mukagali Uralbaev (Qirg'iziston) - Bahromjon Fozilov (O'zbekiston) - 5:0
+91 kg: Obidjon Tohirov (O'zbekiston) - Zaydin Mo'minov (Qirg'iziston) - 5:0
Fikrlar