So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

20 okt 21:51
Yangiliklar

Qilichbozlik

To'rt nafar qilichbozimiz Turkiyadagi musobaqada ishtirok etdi

Teglar :  Qilichbozlik
Turkiyaning Antaliya shahrida qilichbozlik bo'yicha "Satellit" turkumidagi musobaqa yakunlandi.

Turnirning sablya yo'nalishidagi bahslarda to'rt nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz - Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Paola Pliego va Yana Obvincevalar saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, asosiy to'rga yo'l olishdi. Ayniqsa, Zaynab Dayibekova pulkada barcha raqibalarini mag'lub etgani diqqatga sazovor. 

Asosiy davrada esa afsuski sportchilarimizdan omad yuz o'girdi. Zaynab Dayibekova avvaliga turkiyalik Begum Alkayani mag'lub etdi, keyin esa boshqa bir mezbon qilichboz Nisonur Erbilga yutqazib qo'ydi. 

Sevinch Ismoilova asosiy davradagi ilk jangida ozarbayjonlik Sabina Karimovaga mag'lub bo'ldi. 

Paola Pliego esa avvaliga turkiyalik Rana Kayadan ustun keldi. Ikkinchi bosqichda esa ozarbayjonlik Anna Bashtadaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Yana Obvinceva qilichbozlarimiz ichida eng yaxshi natijani ko'rsatdi. U avvaliga kanadalik Marissa Ponichni, keyin esa ozarbayjonlik Sevil Buyatovani mag'lub etdi. CHorak finalda esa kanadalik Gabriela Peyjga yutqazib qo'ydi va yakunda 7-o'rin bilan kifoyalandi. 

Musobaqada yakuniy natijalar quyidagicha ko'rinish oldi:

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing