14 jan 17:53
Yangiliklar
Futbol
To'rtta terma jamoa muxlislari AQSHga kirish taqiqi sababli JCH-2026 dan quruq qolishlari mumkin
Gaiti, Eron, Kot-d'Ivuar va Senegal milliy terma jamoalari muxlislari 2026 yilgi Jahon chempionati o'yinlariga tashrif buyura olmasliklari mumkin.
Bunga ushbu davlat fuqarolari uchun AQSHga kirish taqiqlangani sabab bo'lmoqda. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Malum qilinishicha, AQSHga kirish taqiqi faqat futbolchilar, murabbiylar va rasmiy delegaciya azolari uchun istisno tariqasida amal qilmaydi.
Manbaning yozishicha, Eron, Kot-d'Ivuar, Gaiti va Senegal muxlislari, shuningdek, ushbu mamlakatlar futbol federaciyalari viza ololmasliklaridan xavotirda. Sababi — mazkur terma jamoalar o'z o'yinlarini aynan Amerika shaharlarida o'tkazishi belgilangan.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 uchta mamlakat: AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar