21 avg 08:13
Yangiliklar
Toshkent cuzish bo'yicha Jahon kubogini qabul qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda
Musobaqa uch hafta davomida o'tkaziladigan Evroosiyo turnesining ikkinchi bosqichi bo'lib, unda 50 dan ortiq mamlakatdan 750 nafardan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqa boshlanishiga etti hafta qolgan bir paytda O'zbekiston poytaxti World Aquatics Swimming World Cup taqvimidagi debyutiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichlarini yakunlamoqda. Bu musobaqa mamlakatning xalqaro sport maydonidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
2026 yilgi Jahon kubogi turkumining ikkinchi bosqichi 8–10 oktyabr kunlari Olimpiya shahridagi Aquatic Palace majmuasida bo'lib o'tadi. Turkumga aynan bir hafta oldin — 1–3 oktyabr kunlari Boku shahri mezbonlik qiladi.
O'zbekistondagi bosqichdan so'ng musobaqalar 15–17 oktyabr kunlari Astanada yakunlanadi. Uchta mezbon shahar — Boku, Toshkent va Astana «Ipak yo'li turi» (Silk Road Tour)ni tashkil etadi. Ushbu marshrut Janubiy Kavkazni Markaziy Osiyo bilan bog'laydi.

Uchta bosqich doirasida 50 dan ortiq milliy federaciyadan 750 nafardan ziyod sportchi 1,2 million dollarlik umumiy mukofot jamg'armasi uchun bahs olib borishi kutilmoqda. SHuningdek, jahon rekordlari va uch bosqichning barchasida g'olib chiqqan sportchilar uchun qo'shimcha bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Jahon kubogi, shuningdek,18-Jahon suv sporti chempionati (25 metrlik basseyn)ga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo'ladi. Mazkur chempionat 1–6 dekabr kunlari Pekin shahrida o'tkaziladi.
Musobaqaning Toshkentga kelishi poytaxtning World Aquatics taqvimiga qaytishini anglatadi. Toshkent avval 2017 va 2018 yillarda badiiy suzish bo'yicha Jahon kubogi bosqichlariga mezbonlik qilgan. Oradan sakkiz yil o'tib, qariyb 3,2 million aholiga ega shahar ilk bor Suzish bo'yicha Jahon kubogi bosqichini qabul qiladi.

World Aquatics prezidenti Husayn Al-Musallam musobaqaning O'zbekistonda ilk bor o'tkazilishi ahamiyatini takidladi:
«Suzish bo'yicha Jahon kubogini ilk bor O'zbekistonga olib kelish — World Aquatics uchun juda quvonarli muhim bosqichdir».
U, shuningdek, mazkur tur Markaziy Osiyoda sportning ommalashuviga katta hissa qo'shishi mumkinligini qayd etdi:
«Ipak yo'li turi Markaziy Osiyo bo'ylab yosh suzuvchilarning yangi avlodini ruhlantirish uchun ulkan imkoniyat yaratadi».
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi birinchi vice-prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov esa mamlakat Jahon kubogini qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi:
«Toshkentda unutilmas World Aquatics Suzish bo'yicha Jahon kubogini o'tkazish biz uchun katta sharaf. Biz bundan hayajondamiz va musobaqani qabul qilishga tayyormiz».
Umarov yangi Aquatic Palace majmuasini xalqaro sport jamoatchiligiga namoyish etish va dunyoning etakchi suzuvchilarini Toshkentda kutib olish imkoniyatini ham alohida takidladi.
The Swimming World Cup 2025 might have just ended, but good news travels fast: the dates for the Swimming World Cup 2026 are here! ????️
— World Aquatics (@WorldAquatics) November 18, 2025
Welcome to the Silk Road Tour ????✨
???????? Baku: 1-3 October 2026
???????? Tashkent: 8-10 October 2026
???????? Astana: 15-17 Ocober 2026 pic.twitter.com/UH7RYf1nk9
2 222 tomoshabinga mo'ljallangan Aquatic Palace Toshkentdagi yirik sport majmuasi — Olimpiya shaharchasi tarkibiga kiradi. Qariyb 100 gektar maydonni egallagan Olimpiya shaharchasi hududida stadion, velodrom, jamoaviy sport turlari va yakkakurashlar uchun maxsus markazlar kabi beshta asosiy inshoot joylashgan.
Aholisi 38 millionga yaqin bo'lgan O'zbekiston uchun mazkur musobaqa yoshlar o'rtasida sportga qiziqishni oshirish, faol hayot tarzini targ'ib qilish va mamlakatda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasidan samarali foydalanish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
SHu tariqa, «Ipak yo'li turi» Toshkentning xalqaro sport taqvimidagi mavqeini yana bir pog'onaga ko'tarishga xizmat qiladi. Bu safar esa markazda — suzish sporti.
Fikrlar