31 iyu 13:47
Yangiliklar

Toshkent mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining 1/4 final juftliklari malum
Kecha o'tkazilgan 1/8 final uchrashuvlaridan so'ng chorak final juftliklari aniqlandi. SHu bilan birga 9-16 va 17-24 o'rinlar uchun kurashadigan jamoalarning juftliklari ham malum bo'ldi.
1/8 finalda Italiyaga imkoniyatni boy bergan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi endi 9-16 o'rinlar uchun Braziliyaga qarshi bahs olib boradi. Braziliyalik voleybolchilar kecha 1/8 finalda Franciyaga yutqazishgan edi. O'zbekiston - Braziliya uchrashuvi 1 avgust kuni soat 17:00da "Yunusobod" sport majmuasida boshlanadi.
U19 Jahon chempionati. 1/4 final juftliklari
Koreya Respublikasi — Polsha
Ispaniya — Bolgariya
Franciya — Italiya
Eron — Finlyandiya
U19 Jahon chempionati. 9-16 o'rinlar uchun
Xitoy — Pokiston
Argentina — AQSH
Braziliya — O'zbekiston
Belgiya — Yaponiya
U19 Jahon chempionati. 17-24 o'rinlar uchun
Turkiya — Kuba
Puerto-Riko — Kolumbiya
U19 Jahon chempionati. 21-24 o'rinlar uchun
Tunis — Jazoir
Misr — Kanada
Fikrlar