So’nggi yangiliklar

11:13Дана Уайт Хасбикнинг UFC билан шартномаси борми деган саволга жавоб берди 0 10:52Abu Dhabi Grand Slam 2025 турнирида иштирок этувчи жамоамиз таркиби тасдиқланди 0 10:31Италия Дэвис Кубогидаги 24 йиллик рекордни такрорлади 0 10:10Бугун "Нефтчи" 24 йиллик танаффусдан сўнг Ўзбекистон чемпиони бўлиши мумкин 0 09:49Қизларимиз FIDE Жамоавий жаҳон чемпионатининг 1/4 финалида бошдан баланд сакрай олишмади 0 09:28"У ҳалиям Хабибнинг соясида". Тайрон Вудли Ислам Махачев ҳақида 0 09:07Ring IV: Night of the Champions иштирокчилари тарозидан ўтиб олди 0 08:46Луис Диас ЕЧЛ ўйинларидан дисквалификация қилинди 0 08:25Жейк Пол "Энди Руиз 2.0"ни кўрсатишга ваъда бермоқда 0 08:04Хамзат Чимаев UFC чемпионлик камарининг илк ҳимоя жанги қачон бўлишни айтди 0 07:43Мария Тимофеева Люксембург турнири 1/2 финалида ўйнайди 0 07:22U-17 Жаҳон чемпионатида 1/2 финал жуфтликлари маълум бўлди. Осиёдан жамоа қолмади! 0 07:01Шаҳобиддин Зоиров 1 млн долларлик жангда мағлуб бўлган рақибига қарши яна рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 01:39Ислом бирдамлиги ўйинларининг тантанали ёпилиш маросими бўлиб ўтди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:37Биринчи ярим ўрта вазн тоифасида WBC чемпионида допинг аниқланди 0

11 mar 18:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Toshkent professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi: bugun ushbu shouga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi + FOTO

Teglar :  Murodjon Ahmadaliev
Toshkent shahri 3 aprel kuni katta sport bayramiga mezbonlik qiladi.

O'sha kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena"da professional boks oqshomi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida ikki yo'nalishda jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev o'ziga tegishli WBA/IBF kamarini yaponiyalik davogar Ryosuke Ivasadan himoya qiladi. Bundan tashqari jang oqshomi doirasida Hasanboy Do'smatov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov, Iqboljon Xoldorov hamda Mirazizbek Mirzahalilov kabi bokschilarimiz ham ringga ko'tarilishi kutilmoqda.

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi binosida ushbu tadbirga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

"Yaqinda mamlakatimizda dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqani yuqori saviyada o'tkazdik. Buni Xalqaro dzyudo federaciyasi mutasaddilari ham alohida etirof etishdi. Endilikda biz professional boks kechasini tashkil etmoqchimiz. Rahbariyat tomonidan mana shunday sport tadbirlari orqali yurtimizda sport ommaviyligini yanada oshirish talabi qo'yilgan. MOQning maqsadlaridan biri aholini sportga qiziqtirish, yoshlarni sportga jalb qilishdan iboratdir. SHularni inobatga olgan holda bokschimiz Murodjon Ahmadalievning himoya jangini O'zbekistonda o'tkazish borasida kelishuvga erishdik", - dedi MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov.

"Bu kun o'zbek sporti tarixiga alohida qayd etiladi. CHunki mamlakatimiz hali bu darajadagi professional boks oqshomiga mezbonlik qilmagan. Ishonamizki, yurtimiz jahonga mashhur "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi bilan tashkil etilayotgan ushbu shouni yuqori saviyada o'tkazadi", - dedi tadbir avvalida O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev.



Anjuman davomida OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishdi. 


Arenaga kirish va translyaciya



"Pandemiya hali yakuniga etmaganligini hisobga olib, 12 ming kishini o'z bag'riga sig'dira oladigan "Humo Arena"ga 6 ming nafargacha muxlis kiritiladi. Bu borada Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birga ham ish olib borilmoqda.

Translyaciya? Hozirda jang oqshomini O'zbekistonda namoyish etish bo'yicha "Sport" hamda "Zo'r TV" telekanali bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada yakuniy qarorga kelingach, elon qilinadi", - dedi MOQ departament direktori Alisher Karimov.



Miraziz Mirzahalilov ham professional shartnoma imzoladimi?

"Bokschilarimizning aksariyat qismi "Mir Boksa" kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Qolganlar qatori Miraziz ham ushbu kompaniya bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Jangga yaqin bu bo'yicha ishlar yakuniga etkaziladi".


Jang oqshomiga martabali mehmonlar taklif qilingan. Toshkentda Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tadi

Mazkur jang oqshomiga AIBA prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederaciyasi Anas Otaiba boshchiligidagi delegaciya vakillari kelishadi. Yana qo'shimcha malumot sifatida shuni aytishimiz mumkinki, ushbu tashrif doirasida Toshkentda Osiyo boks konfederaciyasining Ijroqo'm yig'ilishi ham tashkil etiladi. Yaxshi bilasiz, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Djetibaevich Polatov mazkur Ijroqo'm azosi, shuningdek Osiyoda boksni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi rahbari hisoblanadilar", - dedi O'zbekiston boks federaciyasi xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Mirshohid Tillaboev.

Anjuman davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi. 


O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Reyting: +2   

Fikrlar

   
12 mar 13:41:45
Milanist
Qaerda boks kechasi uyushtirilsa mezbon jangchilar koʻp chiqish qiladi, nima uchun?
   
11 mar 19:58:17
Sherzod Akbarov SherZone
Чипта хакида маълумот беринг! iticket.uz да хали чикмаган
   
11 mar 19:45:39
Baxriddin Abdullayev
Билетлар качондан чикади
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing