16 noy 15:40
Yangiliklar
Qilichbozlik
Toshkent qilichbozlik bo'yicha jahon kubogiga tayyor
Avval xabar berib o'tganimizdek, 17-18 noyabr kunlari Toshkent shahri qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha o'smir qizlar o'rtasidagi jahon kubogi bahslariga mezbonlik qiladi.
Musobaqada jahonning 14 mamlakatidan 53 nafar yosh qilichboz qizlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi. 17 noyabr kuni sportchilar yakkalik bahslarida ishtirok etsalar, 18 noyabr kuni jamoaviy bellashuvlar o'tkaziladi.
Mazkur jahon kubogi sportchilar uchun qimmatli bo'lgan reyting ochkolarini taqdim etadi. Yakkalik bahslarida chempionlikni qo'lga kiritgan sportchi 32 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Jamoaviy musobaqada g'olib bo'lgan terma jamoa esa 64 reyting ochkosini ishlab oladi.
Bahslar O'zbekiston gimnastika federaciyasiga qarashli "Universal" sport saroyida bo'lib o'tadi. Bellashuvlarga ertaga soat 10:00 da start beriladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar