11 sen 18:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/85101_220.jpg)
Toshkent shahar IIBB pichoqlanganidan so'ng vafot etgan MMA jangchisi voqeasi bo'yicha malumot berdi
Toshkentda 10 sentyabr kunidan 11 sentyabrga o'tar kechasi, soat 00:50da Yunusobod tumanidagi kafelardan birida ikki taraf o'rtasida o'zaro kelishmovchilik yuzaga keldi.
O'zaro kelishmovchilikka natijasida janjal ishtirokchilari SHayxontohur tumani hududigacha borishdi va yana kelishmovchilik davom etdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
SHayxontohur tumanida bo'lgan janjal natijasida uch kishi jarohat olib shifoxonaga murojaat qilgan va ulardan biri 23 yoshli Muslimbek O. shifokorlarning yordam berganiga qaramasdan vafot etgan.
Ushbu jinoyat ortidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Janjalning barcha ishtirokchilari shaxsi aniqlangan bo'lib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Havola :
Manba : 7news.uz
Fikrlar