So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

29 dek 22:14
Yangiliklar

Kurash

"Toshkent shahar prokurori kubogi" uchun ochiq turnirdan FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda kurash bo'yicha "Toshkent shahar prokurori kubogi" uchun ochiq turnir bo'lib o'tdi.

Mamlakatimizda milliy qadriyatimiz — kurashni umumxalq harakatiga aylantirish, ommalashtirish, rivojlantirish, uni dunyoga yanada keng tanitish, umumjahon durdonasiga aylantirish bo'yicha qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining bevosita qo'llab-quvvatlashi natijasida Kurash — xalqaro sport turi sifatida keng etirof etildi. “Kurash”, “Halol”, “Tazim”, “To'xta”, “Tanbeh”, “CHala”, “Yonbosh”, “Dakki” va “G'irrom” kabi  o'zbek atamalari esa xalqaro sport lug'ati tarkibidan mustahkam o'rin egalladi.

Kuni kecha poytaxtimizning muhtasham “Yunusobod” sport majmuasida kurash bo'yicha ilk marotaba “Toshkent shahar prokurori kubogi” ochiq turniri bo'lib o'tdi. Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar prokuraturasi va Toshkent shahar kurash federaciyasi hamkorligida uyushtirilgan nufuzli musobaqada nafaqat yurtimizning, balki qo'shni Tojikiston Respublikasi polvonlari ham g'oliblik uchun maydonga tushdilar.

Turnirda erkaklar erkaklar  66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg hamda mutloq, ayollar esa 52 kg, 63 kg, 70 kg vazn toifalarida gilamga chiqdi.

Keskin va murosasiz kechgan musobaqada har bir uchrashuv shiddatli kechdi. Buni har bir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan kurashchilar nomi ham aytib turibdi.

Marhamat, ular bilan tanishing:

Ayollar

52 kg

Zarnigor Rahmiddinova (Toshkent viloyati)

Mohinur CHorieva (Surxondaryo)

Umida Jumaniyozova (Xorazm)

Gulsevar O'roqova (Qashqadaryo)


63 kg

Muxlisa Qodirberganova (Xorazm)

Malika Qahhorova (Toshkent shahri)

Nigora Toshkentova (Farg'ona)

Sarvinoz Esanova (Samarqand)

70 kg

SHaxnoza Bozorova (Toshkent shahri)

Ravzaxon Adashova (Toshkent viloyati)

Gulnoza Mustafaqulova (Buxoro)

Nodira Yo'ldosheva (Toshkent shahri)

Erkaklar

66 kg

Ruslan Bo'riev (Toshkent shahri)

Bunyod Elmurodov (Jizzax)

Abdurasul Qandiev (Surxondaryo)

Qobil Ahmedov (Toshkent shahri)


73 kg

Abdurashid Nodirov (Surxondaryo)

Umid Abdullaev (Buxoro)

Jaloliddin Boynazarov (Surxondaryo)

Asqar Xayrullaev (Samarqand)


81 kg

Umar Bozorov (Toshkent viloyati)

Umid Esonov (Navoiy)

G'iyos Boboev (Toshkent shahri)

Sarvar SHomurodov (Samarqand)


90 kg

Yahyo Imomov (Toshkent shahri)

Og'abek Tirkashev (Toshkent viloyati)

Jonibek Qozoqov (Samarqand)

Jasurbek Xudoynazarov (Toshkent viloyati)


+90 kg (mutloq)

Abduzohid Husainov (Surxondaryo)

SHerali Jo'raev (Qashqadaryo)

Muhsin Xisomiddinov (Surxondaryo)

Fazliddin Meyliev (Qashqadaryo)

Turnirning ayniqsa eng og'ir vazn toifasidagi polvonlari o'rtasidagi bellashuvlar barchaning diqqat markazida bo'ldi. Mutlaq g'olib uchun 50 000 000 so'm ajratilganligi hech bir qatnashchini befarq qoldirmadi. 

Hal qiluvchi bellashuvda surxondaryolik Abduzohid Husainov o'zidan ko'ra birmuncha nomdor, Osiyo va jahon chempioni SHerali Jo'raev (Qashqadaryo)ga ro'baro' keldi. SHiddatli kechgan bahsda umidli va iqtidorli polvon Abduzohid Husainov ochkolar hisobida raqibidan ustun keldi va Toshkent shahar prokurori kubogi hamda bosh sovrinni qo'lga kiritdi. 

Ikkinchi o'rin sohibiga 25 000 000 so'm, uchinchi o'rin sohiblariga esa 10 000 000 so'mlik vaucherlar taqdim etildi. Qolgan barcha vazn toifalarida g'oliblar 15 000 000, ikkinchi o'rin sohiblari 5 000 000, uchinchi o'rin egalariga 2 500 000 so'mlik pul yutug'i vaucherlari topshirildi.

CHinakam kurash bayramiga aylangan turnirda g'olib va sovrindorlarga  mukofot hamda diplomlarni Mahalla va oilani qo'llab- quvvatlash vaziri R.Mamatov, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari N.Yusupov, Toshkent shahar prokurori, Toshkent shahar kurash federaciyasi raisi U.Qosimov, Toshkent shahar hokimi o'rinbosari, Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i F.Davruqovlar tantanali topshirdilar. SHuningdek, poytaxtimizning mavjud o'n ikki tuman kurash federaciyalariga kurash gilamlari sovg'a qilindi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing