13 noy 08:55
Yangiliklar
Qilichbozlik
Toshkent shahri qilichbozlik bo'yicha jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi
15-17 noyabr kunlari poytaxtimizda qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqada 15 ta davlatdan 200 ga yaqin sportchi g'oliblik uchun kurashadi. Mazkur turnirda O'zbekiston sharafini Zuhriddin Qodirov, Musa Aymuratov, Islambek Abdazov, Alpamis Urakbaev, Fernanda Errera, Gulistan Perdibaeva, Nargiza Jaksibaeva va boshqa sportchilar himoya qilishadi.
Musobaqa taqvimi quyidagicha:
15 noyabr: qizlar o'rtasida yakkalik bahslari;
16 noyabr: yigitlar o'rtasida yakkalik bahslari;
17 noyabr: qizlar va yigitlar o'rtasida jamoaviy bahslar.
Malumot uchun, bellashuvlar «Yoshlik» sport kompleksida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar