06 jan 17:31
Yangiliklar

Toshkentda boks bo'yicha xalqaro turnir start oldi FOTOGALEREYA
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashqari Qozog'iston, Rossiya va Tojikistondan tashrif buyurgan yosh charm qo'lqop ustalari kurash olib borishmoqda.
2004-2005 yillarda tavallud topgan bokschilar 15 ta vazn toifasida bellashishmoqda. Medallar uchun 200 nafarga yaqin sportchi kurash olib bormoqda.
Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, boksimiz faxriylari, sportchi va murabbiylar, hakamlar, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Bahslar qizg'in ravishda davom etmoqda. Janglar har kuni soat 11:00da start oladi. Final janglari 10 yanvar kuni tashkil etiladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar