So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

20 dek 21:52
Yangiliklar

Og'ir atletika

Toshkentda IWF kongressi bo'lib o'tdi

Teglar :  IWF
Bugun Toshkentdagi "International Tashkent Hotel" mehmonxonasida IWF (Xalqaro og'ir atletika federaciyasi)ning kongress yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda ortda qolgan yil sarhisobi, bo'lajak musobaqalar uchun tayyorgarlik, rejalar muhokama qilindi.


Toshkentdagi kongressda ishtirok etgan barcha mehmonlar hukumatimiz va bevosita O'zbekiston og'ir atletika federaciyasiga mehmondo'stlik hamda yuqori saviyadagi tashkilotchilik uchun minnatdorchilik bildirishdi.  


Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Bosh kotibi Muhammad Jallud: 

"Hammaga xayrli tong. Avvalambor, Maykl Iraniga tashakkur aytmoqchiman. Biz kovid bilan, uning yangi turi bilan kurashyapmiz. SHuningdek, yangi yilni kutib olish arafasida turibmiz. Bunga qaramay, bu erda, oilalaridan uzoqda bo'lgan hamkasblarimga rahmat deb qolaman. Biz Parij-2024"gacha og'ir atletikani "tozalash" vazifasini o'z oldimizga qo'yganmiz va buning uchun katta pul sarf qilinmoqda. Tokio-2020 ishtirokchilari orasida og'ir atletika sport turidan birorta ijobiy doping testi aniqlanmadi. Bu katta natija va bizning yutug'imiz. Keyingi musobaqalarda ham shu kabi holat bo'lishi uchun ishlashdan to'xtamaslik zarur. 

Fursatdan foydalanib O'zbekistonga katta rahmat deb qolaman. Aynan O'zbekiston yil davomida 3ta xalqaro musobaqani qabul qildi. Aks holda biz o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatini keyinroq muddatga surishimiz va buning oqibatida butun bir avlodni yo'qotishimizga to'g'ri kelardi. Barchamiz guvoh bo'lganimiz kattalar o'rtasidagi jahon chempionati ham yuqori saviyada o'tkazildi. Buning uchun SHaxrillo Maxmudovga alohida rahmat deb qolaman".


Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Maykl Irani:

"Men o'tgan yil oktyabr oyida IWF"ga vaqtinchalik rahbar sifatida tayinlandim. O'tgan vaqt davomida og'ir atletika rivoji yo'lida birgalikda mehnat qildik. Biz mustaqil ekspertlar guruhini tashkil etdik. Parij-2024da og'ir atletika uchun ajratilgan kvotalar sonining qisqartirilishi biz uchun jiddiy zarba bo'ldi. Ammo men XOQ bilan umumiy til topishimizga umid qilib qolaman. Vaholanki oxirgi marta og'ir atletikachida doping aniqlanganiga qancha bo'ldi? Yaqin orada bunday holat yuz bermadi, to'g'rimi? Biz katta ko'lamdagi ishni bajardik va buning uchun barchangizga rahmat deb, tabriklab o'tmoqchiman.

Bu yil davomida biz muloqot uchun ochiqligimizni, muammolarni bartaraf etish tarafdori ekanligimizni isbotlay oldik. Aprelda o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati aynan Toshkentda bo'lib o'tgandi. Umid qilamanki, sizlarga ham bu erda barcha sharoitlar yaratildi, ovqatlar ham juda mazali edi". 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing