So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

15 fev 16:29
Yangiliklar

Qilichbozlik

Toshkentda Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederaciyasi I Ochiq chempionati start oldi

Teglar :  Qilichbozlik
Bugun, 15 fevral kuni Gimnastika bo'yicha Respublika bolalar-o'smirlar sport maktabi majmuasida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederaciyasining kadetlar va o'smirlar o'rtasidagi I Ochiq chempionati boshlandi.

Musobaqada Konfederaciyaga azo mamlakat qilichbozlari – O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Afg'oniston vakillari ishtirok etishmoqda. Bellashuvlar oldidan turnirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Konfederaciyaga azo mamlakatlarning qilichbozlik federaciyalari rahbarlari, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari, Toshkent shahri hokimiyati vakillari ishtirok etishdi.

Marosim davomida ishtirokchi mamlakatlar madaniyatiga oid videorolik namoyish etildi, shuningdek milliy raqslar ijro etildi. Estrada xonandalari o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarni xushnud etishdi.

Tadbir davomida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so'zga chiqar ekan, ushbu musobaqa kuchli qilichbozlarni kashf etib berishi haqida gapirdi.

«Yurtimiz yana bir marotaba muhim musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Sportga, hususan qilichbozlikka ko'rsatilayotgan bunday etibor kelajakda albatta o'z samarasini beradi. Ana shunday turnirlar orqali mintaqamizda kuchli qilichbozlar kashf etiladi deb umid qilamiz», – dedi Jasur Matchanov.

Marosimga tashrif buyurgan boshqa martabali mehmonlar ham o'zlarining samimiy tilaklarini bildirib o'tishdi. SHundan so'ng Vatanimiz madhiyasi yangradi va musobaqa rasman ochiq deb elon qilindi.

Malumot uchun, musobaqa qilichbozlikning har uchchala yo'nalishida tashkil etilmoqda. Turnir 17 fevral kuni yakunlanadi. Bahslar soat 10:00 da start oladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing