19 dek 15:03
Yangiliklar
Qilichbozlik
Toshkentda qilichbozlik bo'yicha kadetlar o'rtasida O'zbekiston ochiq kubogi start oldi
Bugun, 19 dekabr kuni Toshkent shahridagi qilichbozlik majmuasida kadetlar o'rtasida O'zbekiston ochiq kubogi boshlandi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan, shuningdek Qozog'iston Respublikasidan 300 nafarga yaqin (o'g'il bolalar va qizlar) yosh qilichbozlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqdalar. Bahslar 2002 va undan keyin tavallud topgan sportchilar o'rtasida o'tkazilmoqda.
Turnir 24 dekabrga qadar davom etadi:
19 dekabr: shpaga, yakkalik
20 dekabr: shpaga, jamoaviy
21 dekabr: rapira, yakkalik
22 dekabr: rapira, jamoaviy
23 dekabr: sablya, yakkalik
24 dekabr: sablya, jamoaviy.
Qayd etish lozimki, musobaqada mahalliy hakamlardan tashqari Xalqaro qilichbozlik federaciyasi hakamlar komissiyasi azosi Irina Knish ham faoliyat olib boradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar